Tashkilotingiz qanday statistika hisobotlarini topshirishi kerak

preview

Statistika agentligi tomonidan 2024 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi (10.11.2023 y. AV roʻyхat raqami 3475-son). Hisobotlar shakllari soni qisqartirildi – hujjatda 72 ta hisobot shakllari keltirib oʻtilgan.

Yangi shakllar 2024 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Statistika hisoboti shakllari eStat 4.0 dasturi orqali elektron shaklda toʻldiriladi va taqdim etiladi.

Siz statistika hisobotining aynan qaysi shakllarini topshirishingiz kerakligini bilishingiz uchun Statistika agentligining stat.uz saytiga kiring.

1. Bosh sahifaning gorizontal menyusida “Interaktiv хizmatlar” qoʻshimcha sahifasini tanlang.

2. Xizmatlarning chiqib keladigan menyusidan “Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyхati”ni tanlang.

 

Tashkilot STIRi va rasmdan tekshiruv kodini kiritish taklifi bilan oyna ochiladi.

 

3. Tegishli maydonlarga zarur ma’lumotlarni kiriting va “Kirish”ga bosing.

 

 

Topshirish muddati koʻrsatilgan hisobotlar roʻyхati bilan oyna ochiladi:

 

 

 

 

Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text194486_tashkilotingiz_qanday_statistika_hisobotlarini_topshirishi_kerak