Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
E-ijara tizimida ijara shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish
Ijara.soliq.uz saytida ijara shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng unga oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati paydo boʻlishi mumkin. Masalan, xatolarni tuzatish yoki qoʻshimcha shartlarni koʻrsatish.
Buni qanday toʻgʻri amalga oshirish kerak ekanligini tushuntiramiz:
Kerakli tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Koʻp uchraydigan xatolar
– Koʻpincha ijara.soliq.uz tizimiga axborot kiritishda quyidagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish zaruriyati tugʻiladi:
- ijara boshlanishi yoki tugash sanasi notoʻgʻri kiritilgan;
- ijaraga beriladigan maydon notoʻgʻri koʻrsatilgan;
- toʻlov hisoblanadigan miqdor notoʻgʻri tanlangan (soʻm yoki BHM);
- oylik toʻlov summasi notoʻgʻri kiritilgan.
Shuningdek, ba’zan roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorlar subijaraga qarshi emasligini koʻrsatishni unutishadi. Ehtimol, ijara.soliq.uz saytida shartnomani tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish paytida hech kim subijara haqida oʻylamagan boʻlishi mumkin. Keyinchalik esa ijaraga oluvchi ijaraga olingan maydonning bir qismini uchinchi shaxslarga ijaraga berishga qaror qiladi va mulkdor bunga qarshi boʻlmaydi. Ijaraga oluvchi bilan subijaraga oluvchi oʻrtasidagi shartnomani ijara.soliq.uz tizimida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlishi uchun, koʻchmas mulk mulkdori shartnoma haqidagi axborotda subijaraga qarshi emasligini belgilashi kerak.
E-ijara tizimiga shartnoma ma’lumotlarini kiritishda xatolarni qanday tuzatish kerak
Xatolarni koʻchmas mulk mulkdori (ijaraga beruvchi) tuzatadi. Tavsiya etiladigan harakatlar ketma-ketligi:
1. Oʻzingizning ERI bilan ijara.soliq.uz saytiga kiring.
2. «Ijara shartnomalari roʻyxati» tugmasini, soʻngra «Tasdiqlangan» tugmasini bosing. Taqdim etilgan roʻyxatda oʻzgartirish kiritish kerak boʻlgan shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi yozuvni toping. «Hujjatlar» ustunida «Koʻrish» tugmasini bosing. Ekranda Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma ochiladi, uning ostida «Oʻzgartirish» tugmasi boʻladi.
3. «Oʻzgartirish» tugmasini bosing. Ochilgan shaklda kerakli oʻzgartirishlarni kiriting.
«Tasdiqlash»ni bosing.
4. Ijaraga oluvchi oʻz ERIsi yordamida oʻzgartirishlarni imzolagandan soʻng, shartnoma «tasdiqlangan» maqomini oladi.
Agar ijara (subijara) shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzilgan boʻlsa
Qoʻshimcha kelishuvni ijaraga beruvchi roʻyxatdan oʻtkazishi kerak:
1. Oʻzingizning ERI bilan ijara.soliq.uz saytiga kiring.
2. «Ijara shartnomalari roʻyxati» tugmasini, soʻngra «Tasdiqlangan» tugmasini bosing. Taqdim etilgan roʻyxatda oʻzgartirish kiritish kerak boʻlgan shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi yozuvni toping. «Hujjatlar» ustunida «Koʻrish» tugmasini bosing. Ekranda Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma ochiladi.
3. Guvohnoma ostidagi «Qoʻshimcha kelishuv» tugmasini bosing. Ochilgan shaklda ma’lumotlarni oʻzgartiring:
- «Ijara boshlanishi sanasi» maydoniga qoʻshimcha kelishuv kuchga kiradigan sanani koʻrsating;
- «Ijara tugash sanasi» maydoniga – ijara shartnomasi amal qiladigan sanani;
- «Ijaraga beriladigan maydon» maydoniga – qoʻshimcha kelishuvni hisobga olgan holda ijaraga beriladigan maydonni;
- «Toʻlov turi» ustunining chiqib keladigan tavsiyasidan «BHM» yoki «UZS»ni tanlang;
- «Oldingi summa» maydonida qoʻshimcha kelishuv tuzilishidan oldingi shartnoma summasi avtomatik aks etadi;
- «Oylik toʻlov» maydoniga qoʻshimcha kelishuvni hisobga olgan holda oylik ijara haqi summasini koʻrsating;
- «Umumiy toʻlov summasi» maydonida qoʻshimcha kelishuvni hisobga olib hisoblangan shartnoma summasi avtomatik aks etadi;
- «Eslatmada» qoʻshimcha kelishuv tuzish sababini qoʻshimcha koʻrsatishingiz mumkin.
4. «Tasdiqlash» tugmasini bosing.
Ijaraga oluvchi ERI yordamida kiritilgan oʻzgartirishlarni imzolashi kerak, shundan soʻng qoʻshimcha kelishuv «tasdiqlangan» maqomini oladi. Va shu paytdan boshlab soliq organlari axborot tizimlari qoʻshimcha kelishuvni hisobga olgan holda ijara shartnomasini hisob-kitoblarda qabul qiladi.
Agar sizda boshqa vaziyat boʻlsa...
Masalan, koʻchmas mulk ijara shartnomasini tomonlarning kelishuvi boʻyicha muddatidan ilgari bekor qilingda yoki qonunchilikda belgilangan tartibda uni haqiqiy emas deb tan olingda uni hisobdan olib tashlash kerak. Yoki siz yangi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazyapsiz va sizning ijaraga oluvchingiz rezident emas. Yoki koʻp kvartirali uyning chordoq, yertoʻla va boshqa noistiqomat honalarini ijaraga berish haqida gap ketmoqda...
Sizga yordam uchun – «Norma» ekspertlari va Soliq qoʻmitasi mutaxassislarining birgalikdagi tavsiyasi, unda mazkur va E-ijara bilan bogʻliq boshqa masalalar batafsil yozilgan:
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()