9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonning rezidentiga buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatadi. Rezidentlik toʻgʻrisida sertifikat mavjud.
Oʻzbekiston hududida Rossiya kompaniyasidan xodimlar mavjud emas, shuningdek Rossiya kompaniyasining shtatida Oʻzbekistondan rezidentlar yoʻq. Barcha xizmatlar masofadan turib koʻrsatiladi.
9 oy mobaynida xizmatlar koʻrsatib kelayotgan RF kompaniyasi Oʻzbekistonda DMni roʻyxatdan oʻtkazishi lozimmi?”
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Soliq solish uslubiyati departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob berdi:
– Yoʻq, Rossiya kompaniyasi DMni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak emas.
Mazkur vaziyatda birinchi navbatda SKning 351-moddasi normalariga amal qilish lozim.
Norezidentning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi
.
Oʻzbekistondan tashqarida ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar norezidentlarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlari jumlasiga kirmaydi
.
Shu tariqa, Oʻzbekistondan tashqarida buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar Rossiya kompaniyasining Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlari jumlasiga kirmaydi va tegishincha, mamlakatimizda soliq solinmaydi.
![]()