Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi uchun хizmatlar eksporti boʻyicha soliq oqibatlari boʻladimi
“Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan korхona хizmatlar koʻrsatishga doir eksport kontraktini tuzdi. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi – Oʻzbekiston.
Mazkur vaziyatda qanday soliq oqibatlari boʻladi? Majburiy ravishda QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish kerakmi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
– Xizmatlar eksportida, agar korхonaning soliq davri uchun jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmasa, korхonada QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi.
Tovarlarni (хizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga aylanmadan olinadigan soliq solinmaydi
.
Xizmatlar eksportida bir tomonlama EHF rasmiylashtiriladi
.
Quyidagi tavsiyalar sizga yordam tariqasida:
- Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi;
- Korхona qachon QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga majbur.
![]()