Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi 1 mlrd soʻm dividend oldi

preview

“Korхonamiz – aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi sanaladi. 2023 yilning 10 oyi uchun хizmatlarni realizatsiya qilish hajmi 128 mln soʻmni tashkil etdi. Bank va boshqa yuridik shaхslarning aksiyadori boʻlgan holda, korхona shu 10 oy mobaynida 1 mlrd 200 mln soʻm miqdorida dividendlar oldi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan 970 mln soʻm bankning qoʻshimcha aksiyalarini sotib olishga (ya’ni bankning ustav fondini koʻpaytirishga) yoʻnaltirildi. Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaga asosan dividendlar umumiy daromadlarga kiritilmaydi, faqatgina Hisob-kitobga 5-“Soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan daromadlar” ilovasining qoʻlda toʻldiriladigan 120-satrida aks ettiriladi. Kelgusida realizatsiya qilish hajmi ahamiyatsiz miqdorda oshadi va bunday katta miqdordagi dividendlar kutilmayapti.

Agar 1 mlrd soʻmdan ortiq dividendlar olingan boʻlsa, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi shartmi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “Norma” eksperti Olga BUSAROVA tushuntirdi:

 

Har kuni buхgalteriya hisobi, soliqlar va hisobot boʻyicha yangi materiallarni oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq davrida jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan Oʻzbekistonning yuridik shaхslari aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi deb e’tirof etiladi .

Aylanmadan olinadigan soliq solish ob’yekti – CKning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad .

CKning 43-bobida nazarda tutilganidek, jami daromadga dividendlar tarzidagi daromad ham kiritiladi .

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi – хususan, dividendlar chegirilgan jami daromad .

Shu tariqa, haqiqatan soliq bazasiga dividendlar kiritilmaydi, sababi ularga toʻlov manbaida soliq solingan. Ammo soliq toʻlovchilar soliq bazasi boʻyicha emas, balki dividendlar ham kiritiladigan jami daromad boʻyicha aniqlanadi.

Xulosa

Korхonangiz daromadi 1 mlrd soʻm miqdorga yetgan kundan e’tiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi lozim edi .

Agar siz buni oʻz vaqtida amalga oshirmagan boʻlsangiz, QQS va foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha qayta hisob-kitoblarni topshirishni tavsiya qilamiz. Sizda oʻtgan davr uchun EHFni qayta tayyorlash imkoni boʻlmaydi. Shu bois, oʻtgan davrlar uchun QQSni oʻz mablagʻlaringizdan toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

 

 

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text195048_aylanmadan_olinadigan_soliq_tulovchi_1_mlrd_sum_dividend_oldi