9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot avtomatik rejimda qanday shakllantiriladi
2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarning aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotlari avtomatik rejimda shakllantiriladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Nuriddin OTAMURODOV tafsilotlar haqida gapirib berdi:
– Hozirgi vaqtda aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini shakllantirishni avtomatlashtirish darajasi 82 foizni tashkil etadi. 1 yanvardan boshlab esa ushbu koʻrsatkich 100 foizga teng boʻladi.
Mutlaqo barcha soliq toʻlovchilarda soliq boʻyicha hisob-kitob avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Quyidagilar ma’lumotlar boʻlib xizmat qiladi:
- hisobvaraq-fakturalar;
- onlayn-NKT, shu jumladan marketpleyslar ma’lumotlari;
- eksport operatsiyalari uchun BYuD.
Hisobotga axborot kiritish qoidalari oʻzgaradi:
- onlayn-NKTni oʻrnatganlik uchun qoʻllanilgan imtiyozlar boʻyicha (Hisob-kitobning 0701-satri);
- soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan daromadlar boʻyicha (Hisob-kitobga 2-ilova).
Ushbu ma’lumotlarni hisobotga my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinet orqali interaktiv xizmat yordamida kiritish lozim.
Soliq toʻlovchi Soliq kodeksi bilan hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda hisobot shaklini ochishi, uni tekshirishi va soliq organlariga yuborishiga toʻgʻri keladi.
Agar xato va noaniqliklar aniqlansa, ularni faqat hisobvaraq-faktura, marketpleys, onlayn-NKM va BYuDda xatolarni tuzatgan holda tuzatish mumkin boʻladi.
Yaqin vaqtda hisobotga soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan daromadlar toʻgʻrisida axborotni kiritish uchun moʻljallangan interaktiv xizmat bilan ishlash boʻyicha batafsil yoʻriqnomani taqdim etamiz.
![]()