Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2024 yil 1 apreldan boshlab ilgari QQS solinmagan yoki nol darajali stavka boʻyicha soliq solingan ayrim tovarlarni realizatsiya qilishdan 12% stavka boʻyicha QQS toʻlanadi. Buxgalter nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi haqida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz foydalanuvchilari uchun gapirib berdi:
– 2024 yil 1 apreldan boshlab quyidagilardan 12% stavka boʻyicha QQS toʻlanadi
:
1. Quyidagilarni realizatsiya qilishga doir aylanmadan:
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
2. Quyidagilarni import qilishdan:
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari;
- tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
- ilgari qonun hujjatlari bilan belgilanadigan roʻyxatga asosan QQSdan ozod qilingan farmatsevtika xom ashyosi;
3. Aholiga quyidagilar boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmadan:
- suv ta’minoti;
- kanalizatsiya;
- sanitariya jihatdan tozalash;
- issiqlik ta’minoti.
Ushbu oʻzgartirishlar yakuniy iste’molchi uchun narxlar oʻsishiga olib keladi. Toʻgʻri, barcha holatlarda ham narxlar 12%ga oʻsmaydi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning me’yorlariga rioya qilish muhimdir. Va, albatta, bozor hal qiluvchi omil boʻladi. Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va chakana tarmoq qimmat turadigan va sotilishi qiyin boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga savdo ustamasini qisqartirishlariga toʻgʻri keladi, bu esa mijozlar uchun ushbu dori vositalarining narxi 12%dan kamroq oshishini bildiradi.
Soliq ma’muriyatchiligida nimalar oʻzgaradi
Soliq qoʻmitasi ushbu tovarlar va xizmatlar uchun MXIK oʻzgarishsiz qolishi haqida xabar berdi. 1 apreldan boshlab ushbu MXIK bilan koʻrsatiladigan barcha tovarlarga avtomatik tarzda 12% stavka boʻyicha QQS solinadi.
Hisobvaraq-fakturalarda tegishli MXIK koʻrsatilganda endi “imtiyoz” ustuni toʻldirilmasdan qoldiriladi, QQS stavkasi ustunida esa avtomatik tarzda 12% aks ettiriladi, tegishincha ushbu koʻrsatkichlarga bogʻliq boshqa ustunlar toʻldiriladi.
Cheklarda hozirgidek “QQSsiz” yoki “0%” emas, balki 12% QQS stavkasi aks ettirilishi uchun onlayn-NKT sozlamasiga oʻzgartirishlar kiritilishi lozim. Buni qanday amalga oshirish yuzasidan maslahat uchun oʻz TXKMga murojaat qiling.
1 apreldan boshlab tovarlar va xizmatlarning yuqorida aytib oʻtilgan pozitsiyalari my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetlarning “Onlayn-nazorat-kassa texnikasiga doir axborot” interaktiv xizmatining “MXIK imtiyozi” qoʻshimcha sahifasidagi hisobotlardan chiqariladi.
Ushbu tovarlarni sotish toʻgʻrisidagi axborot QQS hisob-kitobiga 2-“Soliq davrida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan va nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmalari” ilovadan chiqariladi. Byudjetga toʻlanadigan soliq summasi oshadi.
- Tovar va xizmatlar realizatsiya qilinganda QQS qanday hisoblanadi;
- QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritish mumkin;
- Tovarlar importida QQS;
- Soliq solinadigan va ozod etilgan aylanma mavjud boʻlganda QQS qanday hisobga olinadi;
- Hisobga olish uchun qabul qilingan QQSga qanday qilib tuzatish kiritish mumkin;
- Imtiyoz bekor qilinganda hisobga olingan QQSga qanday tuzatish kiritilishi kerak.
![]()