9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Biz yetkazib beruvchilarmiz. Xorazmdagi xaridor bilan shartnoma tuzdik. Tovar xizmat avtotransportimizda muayyan kunda Toshkentdagi muayyan joyga (biror bir avtomobillar joʻnaydigan joyga yoki chorrahaga yoxud avtomobillar saqlash joyiga) yetkazib beriladi, Xorazmdagi xaridor bilan bogʻliq barcha toshkentlik yetkazib beruvchilar tovarni shu yerga olib kelishadi. U yerda tovar furaga qayta yuklanadi. Fura barcha yetkazib beruvchilar tomonidan toʻldiriladi va Xorazmga yoʻl oladi. Fura uchun xaridor haq toʻlaydi. Xizmat mashinamiz omborimizga boʻsh holda qaytadi.
Agar tashishning bir qismini yetkazib beruvchi, boshqa qismini esa xaridor yigʻma furada amalga oshirsa, elektron tovar-transport yuk xatini qanday rasmiylashtirish kerak?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni SQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM yetakchi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV tushuntirdi:
Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.
– ETTYu yuk joʻnatuvchi tomonidan har bir transportning qatnoviga alohida har bir yukni oluvchining nomiga tuziladi
. Sizning vaziyatingizda tovar buyurtmachigacha tashiladigan yoʻlga ikkita tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish lozim boʻladi.
Birinchi ETTYu: yuk omboringizdan Toshkent shahridagi yigʻiladigan joyga tashiladi
Yuk xatini ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda toʻldiring:
- yuk joʻnatuvchi, ekspeditor va tashuvchi – sizning tashkilotingiz;
- yuk oluvchi – tovar yakuniy buyurtmachiga yetkaziladigan furaga ega tadbirkorlik sub’yekti;
- transport – tashkilotingizning xizmat avtotransporti;
- haydovchi va javobgar shaxs (kuzatib boruvchi shaxs) – u haydovchi va vakolat berilgan shaxs yoki ushbu ikkita funksiyani birga olib boradigan haydovchi boʻlishi mumkin;
- yuklash manzili – omboringiz joylashgan joy;
- javobgar shaxs – joʻnatishni nazorat qiluvchi shaxs;
- yetkazib berish manzili – furaga yuklash amalga oshiriladigan shoxobcha;
- javobgar shaxs – yuk uning nazoratida furaga qayta ortiladigan shaxs.
❖
Tovar-transport yuk xati elektron shaklda qanday rasmiylashtiriladi.
Ikkinchi ETTYu: yuk Toshkent shahridagi yigʻiladigan joydan Xorazmdagi xaridorga tashiladi
Yuk xatini ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda toʻldiring:
- yuk joʻnatuvchi va tashuvchi – tovar yakuniy buyurtmachiga yetkaziladigan furaga ega tadbirkorlik sub’yekti;
- ekspeditor va yuk oluvchi – siz tomondan sotilgan tovarni uning manziliga transportirovka qilish amalga oshiriladigan tadbirkorlik sub’yekti;
- transport – tovarni Xorazmdagi yakuniy manzilga tashish amalga oshiriladigan fura;
- haydovchi va javobgar shaxs (kuzatib boruvchi shaxs) – u haydovchi va vakolat berilgan shaxs boʻlishi mumkin yoki haydovchi ushbu ikkita funksiyani birga olib borishi mumkin;
- yuklash manzili – yigʻiladigan joy (avtomobillarni saqlash joyi, avtomobillar joʻnaydigan joy yoki chorraha);
- javobgar shaxs – yuklashni nazorat qiluvchi shaxs;
- yetkazib berish manzili – Xorazmdagi yuk oluvchi; javobgar shaxs – tovarni qabul qilishni nazorat qiluvchi shaxs.
Yuk tashishda ishtirok etuvchilar oʻrtasidagi moliyaviy hisob-kitoblar ular oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi va elektron hisobvaraq-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
ETTYu rasmiylashtirish jarayoni ishtirokchilari ETTYu oʻz vaqtida rasmiylashtirlishi yuzasidan mustaqil ravishda qaygʻurishlari lozim.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
- Mamlakat hududida vositachilar orqali haq evaziga sotib olingan tovarlarning kirim qilinishi tartibi
- Ishlab chiqarishda hujjat aylanishini qanday tashkil etish mumkin
- YoMMni hisobga olish boʻyicha hujjatlar aylanmasi qanday yuritilishi kerak
- Xaridorlarga tovarlarni yetkazib berishni hisobga olish tartibi
- Yuk avtomobili uchun yoʻl varaqasi qanday rasmiylashtiriladi
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()