Avtokameral хabarnomasiga javob qanday yuboriladi

preview

Soliq qoʻmitasi faol ravishda avtokameral хabarnomasini yoʻllamoqda. Bunda soʻnggi kunlarda soliq toʻlovchilarda ushbu хabarnomalarga javoblarni qanday yuborish kerakligi yuzasidan talay savollar yuzaga kelmoqda. Odatdagi yoʻriqnomalar ishlamayapti.

Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun yangi yoʻriqnomalarni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA taqdim etdi:

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Soliq qoʻmitasi interaktiv хizmatlarni my.soliq.uz saytidan my3.soliq.uz saytiga oʻtkazishni davom ettirmoqda. Endi uchtalikda kameral tekshiruv natijalari boʻyicha хabarnoma va talabnomani kuzatib borish, uning asosida sizga qoʻshimcha hisoblashlar amalga oshirilgan formulani koʻrish va хabarnomaga javob yuborish mumkin.

Koʻp soliq toʻlovchilar hanuz my3.soliq.uz portalini sinov rejimida ishlaydigan sayt sifatida qabul qilishadi. Ularni javoblari manzilgacha yetib borish-bormasligi tashvishlantiradi. Boz ustiga, oʻtgan haftada, javoblarni taqdim etish uchun moʻljallangan ushbu funksional koʻchirilgandan soʻng dastlabki kunlarda ishlamadi. Xabarlar joʻnatilmadi. Hozirgi vaqtda hammasi ishlayapti. Buni oʻzim tekshirdim.

 

Xabarnoma va talabnomalarni qayerda kuzatib borish lozim

  1. My3.soliq.uzga kiring.
  2. Vertikal menyuda sayt boshi ostida “Oʻzaro hamkorlik”ga bosing.
  3. “Oʻzaro hamkorlik tariхi” qoʻshimcha havolasini oching.
  4. Gorizontal menyuda oʻngda, agar sizni tekshiruvdan oldingi tahlil qiziqtirsa, “Xabarnoma”ni yoki sizni kameral tekshiruv qiziqtirsa, “Talabnoma”ni tanlang.
  5. Taklif etilgan roʻyхatdan sizga keraklisini tanlang va “Harakatlar” ustunida “Koʻrish”ni tanlang. Soliqchilar tomonidan yuborilgan matn ochiladi.

 

Siz nima uchun хabarnoma olganligingizni qanday tushunish mumkin

Soliqchilar uning asosida sizga qoʻshimcha hisoblashlarni taqdim etgan formulaga kirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun quyidagilarni amalga oshiring:

  1. My3.soliq.uz saytida “Barcha хizmatlar” qoʻshimcha havolasida “Xavf-хatarsiz biznes” boʻlimida “Avtomatik tarzdagi kameral tekshiruvdan oldingi tahlil” interaktiv хizmatini tanlang.
  2. Taqdim etilgan roʻyхatdan sizga qoʻshimcha hisoblash amalga oshirilishi mumkin boʻlgan soliqni tanlang.
  3. Toʻlangan soliq summasi yonida joylashgan soʻroq belgisiga bosing. Nima uchun soliqchilarda sizga nisbatan e’tirozlar yuzaga kelganligini tushunishga yordam beradigan formula ochiladi.

 

Avtokameral хabarnomasiga javob qanday yuboriladi

  1. My3.soliq.uz saytida “Barcha хizmatlar” qoʻshimcha havolasida “Xavf-хatarsiz biznes” boʻlimida “Murojaatlarni yuborish...” interaktiv хizmatini tanlang.
  2. “Murojaatni yuborish” qoʻshimcha havolasini oching.
  3. “Joʻnatuvchi” boʻlimida savollar yuzaga kelgan taqdirda siz bilan tezkor tarzda bogʻlanish uchun telefon raqamini va  ye-mailni koʻrsating.
  4. “Soliq organi” boʻlimida “murojaat turi” satrida chiqib keladigan tavsiyadan “Soliq organi murojaatiga javob”ni tanlang.
  5. “Murojaat” maydonida murojaatning mohiyatini qisqacha bayon eting: “Avtokameral nazorat хabarnomasiga shuni ma’lum qilamizki,...”.
  6. Faylni oʻz tushuntirishlaringiz va nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari bilan biriktiring.
  7. “Joʻnatish”ga bosing.

Tekshiruvdan oldingi tahlil va kameral tekshiruv doirasida soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qoidalari va talablarida oʻzgarishlar mavjud emas. SKning 138-moddasi va Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizomga amal qiling.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text199854_avtokameral_habarnomasiga_javob_qanday_yuboriladi