Koʻchma savdo va yetkazib berish xizmatlari kassa cheklarini berishi kerakmi

preview

Onlayn-NKM va virtual kassalar muayyan savdo shoxobchasiga, muayyan manzilga roʻyxatdan oʻtkaziladi. Onlayn-NKTni roʻyxatdan oʻtkazishda tadbirkor hatto uning geografik koordinatalarini taqdim etadi. Binobarin, uni boshqa shoxobchada qoʻllash mumkin emas. Yetkazib berish xizmatlari va koʻchma savdo sub’yektlari qanday yoʻl tutishi lozim?

Vaziyatni onlayn-NKTga xizmat koʻrsatish boʻyicha ekspert, “RIG” MChJ direktori Rustam YoQUBOV tushuntiradi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Onlayn-kassani qoʻllash toʻgʻrisida qonunchilik me’yorlari

Savdo (xizmat koʻrsatish) shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda va (yoki) bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblar onlayn-NKM va virtual kassalar qoʻllangan holda amalga oshiriladi .

Toʻlovni naqd shaklda va plastik kartalar orqali qabul qiladigan barcha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida onlayn-NKTdan foydalanishlari kerak :

  • yuridik shaxslar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • oilaviy tadbirkorlar.

Onlayn-NKTdan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin . Uzoq vaqt bunday me’yor mavjud boʻlganda onlayn-NKM va virtual kassalarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun roʻyxatdan oʻtkazish imkoni boʻlmagan, biroq hozir bunday cheklovlar yoʻq.

Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlar mijozdan naqd shaklda yoki plastik karta orqali toʻlovni qabul qilgandan soʻng onlayn-NKT chekini, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar esa – agar onlayn-NKMni qoʻllashsa.

Korporativ kartalar orqali hisob-kitoblarda ham onlayn-NKT cheki majburiy ravishda beriladi .

Faqat vending apparatlari uchun onlayn-kassa bilan ishlash talabi yoʻq .

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, koʻchma savdo ob’yektlari onlayn-NKTni qoʻllashlari, yetkazib berish xizmatlari esa mijoz tomonidan xarid uchun chek olinishini ta’minlashlari shart. Agar tovar xaridorgacha yetkazib berilsa, yetkazib berish boʻyicha xizmat uchun toʻlov xarid uchun umumiy chekka kiritilishi yoki alohida chek bilan rasmiylashtirilishi kerak.

 

Kassaning modelini tadbirkor tanlaydi

Koʻchma savdoda yoki xaridorgacha yetkazib berishda hisob-kitoblarda chek berilmasligini koʻpincha quyidagi dalillardan biri bilan oqlashadi: “firmamizda bitta kassa apparati, mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi mashinalar esa koʻp”, “agar kassa apparatini doim oʻzi bilan olib yursa, u tezda buziladi”, “koʻchma savdoda kassa apparati bilan ishlash noqulay”, “joylarda hisob-kitoblarda kassa apparatini qayerga va qanday ulash kerak” va shu kabilar.

Ushbu shartlardan hech biri e’tiborga molik emas, sababi mohiyatiga koʻra bu kassa apparatini tanlash masalasidir.

Oʻzbekistonda tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilganlar jumlasidan nazorat-kassa texnikasidan foydalanishlari mumkin :

Ushbu roʻyxatlarda bugungi kunda turli bizneslar uchun yechimlar mavjud. Yomgʻirda, jaziramada va qahraton sovuqda, turgʻun shoxobchada yoki koʻchma savdoda, nufuzli butikda yoki qozon va tandir yonida ishlash mumkin boʻlgan kassa apparatini tanlash mumkin.

Faqat kassa apparatini kimdir tavsiya qilganligi uchun emas, balki uning texnik xususiyatlari sizning biznesingizga koʻproq mos kelganligi uchun tanlash kerak. Shunda kassa ham uzoq muddat xizmat qiladi va u bilan ishlash qulay boʻladi. Davlat reyestrlarida barcha texnik xususiyatlarni topish mumkin.

E’tibor bering

Bitta tadbirkorlik sub’yektiga kassalarning cheklanmagan sonini, shuningdek turli modellarini roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Ya’ni, misol uchun, koʻchma savdoda, agar sizda savdo bir vaqtning oʻzida 10 ta mashinada amalga oshirilsa, har bir mashinada kassa cheki berilishini ta’minlash toʻgʻri boʻladi.

 

Koʻchma savdoda yoki xaridorgacha yetkazib berishda qachon kassa chekini berish kerak

Aniq eng yaxshisi – tovar xaridorga topshirilgan va u xarid uchun haq toʻlagan paytda. Bu eng maqbul variant boʻladi, sababi chekda mijozga aniq nima berilganligini koʻrsatish imkonini beradi va qaytarishni rasmiylashtirish yoki cheklarga tuzatish kiritish lozim boʻlgan hollar sonini kamaytiradi.

Sotuvchi va mijoz yetkazib berish xizmatidan foydalanadigan variantlar boʻlishi mumkin. Hammasi sotuvchi va yetkazib berish xizmati bilan oʻzaro hamkorlik qanday tashkil etilganligiga bogʻliq. Tovar kassa cheki bilan yetkazib beriladigan variantni olaylik. Biroq bu holda ham chek albatta berilishi kerak.

 

Onlayn-NKTni koʻchma savdo ob’yektlariga qanday roʻyxatdan oʻtkazish kerak

Koʻchma savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan onlayn-NKM yoki virtual kassalar oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha tuman, shahar davlat soliq inspeksiyalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi . Ya’ni, holat boʻyicha va roʻyxatdan oʻtkazishda va cheklarda kassa apparati yoki marketpleys tegishli boʻlgan ofisning manzili koʻrsatiladi.

Agar chek yetkazib berish xizmati kassa apparatidan yoki marketpleysdan berilsa, chekda tovarni sotuvchining STIRi bilan koʻrsatish lozim. Bu soliq hisobotlarini toʻgʻri shakllantirish uchun zarur.

Koʻchma savdo sub’yektlari kassani roʻyxatdan oʻtkazish uchun turgʻun savdo ob’yektlari taqdim etadigan xuddi shu hujjatlarni taqdim etadi. Hatto soliq organlarining onlayn-NKTni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha dasturida hech qanday oʻziga xos xususiyatlar mavjud emas.

Soliqchilarda nima uchun kassa apparati roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha mavjud emasligi yuzasidan savollar yuzaga kelmasligi uchun amaliyotda tashkilot nomi bilan birga savdo amalga oshiriladigan avtotransport vositasining raqamini koʻrsatish qabul qilingan. Shu bois kassani roʻyxatdan oʻtkazishda TXKM xodimiga kassa apparati koʻchma savdoda foydalanilishi haqida xabar berishni maslahat beraman.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 

 

Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text200068_kuchma_savdoda_va_etkazib_berish_hizmatlari_kassa_cheklari_berishi_kerakmi