Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Nima uchun tuzatilgan hisobvaraq-faktura uchun reytingingizni pasaytirishlari mumkin
Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingida pozitsiyani yoʻqotmaslik uchun tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etish chogʻida e’tiborli boʻling. Qanday hollarda bunday EHF uchun ballarni pasaytirishlari mumkinligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan TA-VAT buхgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChYoVA gapirib berdi:
Barqarorlik mezonlaridan bitta umumiysi – hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida taqdim etish. Ammo bilish lozim boʻlgan bitta pand beradigan narsa bor. U tuzatilgan EHFga taalluqlidir.
Mana real voqea: mijozlarimizdan birida may oyida tovar joʻnatilgan. Hisobvaraq-fakturani vaqtida – joʻnatish kunida, 29 mayda taqdim etishgan. Ammo keyingi kun markirovkalash kodlarini aks ettirish qismida хatoni aniqlashdi va tuzatilgan EHF taqdim etishdi. Tabiiyki, unga 30 may sanasi qoʻyilgan.
Ammo, afsuski, reytingda bizga hisobvaraq-fakturalar oʻz vaqtida taqdim etilganligini hisobga olishmadi, sababi tizim ushbu parametrni birinchi EHF sanasi boʻyicha emas, balki tuzatilgan EHF sanasi boʻyicha hisoblagan.
Bir tomondan tuzatilgan EHFni soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati davomida rasmiylashtirish mumkin
. Shu bois buni joʻnatish kunida amalga oshirmasa, huquqbuzarlik hisoblanmaydi. Boshqa tomondan – tuzatilgan EHF bekor qilinadigan birlamchi hisobvaraq-faktura oʻrniga rasmiylashtiriladi. Aftidan, hamma gap shunda.
E’tibor bering! Sizga quyidagi tavsiya asqotishi mumkin:
Agar bizda ushbu firma boʻyicha talay hisobvaraq-fakturalar boʻlganda edi, biz ushbu jihatni kuzatib borolmasdik. Bu yerda esa atigi bitta joʻnatish, hammasi aniq-ravshan.
Binobarin, agar siz EHFni oʻz vaqtida taqdim etgan boʻlsangiz, ammo biror bir sababga koʻra keyin unga tuzatish kiritmoqchi boʻlsangiz, buni shu kuni amalga oshiring. Aks holda reyting tizimi uni oʻz vaqtida joʻnatilgan sifatida hisobga olmaydi.
Hisobvaraq-fakturani har doim ham shu kunning oʻzida tuzatishning imkoni boʻlmasligi tushunarli. Ammo hech boʻlmaganda, agar bunday imkoniyat boʻlsa, shoshilgan ma’qul!
![]()