Notijorat tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday toʻlaydi

preview

«Notijorat tashkiloti pulli oʻquv kurslarini ochdi va ularni ofis joylashgan binoda olib boradi. Tashkilot notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻri keladigan foydalaniladigan suvning alohida-alohida hisobini yuritish imkoniyatiga ega emas.

Bu holda va pulli kurslar alohida binoda olib borilgan taqdirda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday toʻlanadi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

 

Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Agar tijorat va notijorat faoliyati bitta binoda amalga oshirilsa

– Bu holda soliq bazasi sof tushumning umumiy hajmida soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyat boʻyicha sof tushumning salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Ammo notijorat faoliyati doirasida tushum mavjud emasligi bois, ushbu koʻrsatkich uchun notijorat faoliyati boʻyicha maqsadli tushumlar hajmini, masalan – a’zolik badallaridan olingan tushumlarni olish mumkin.

Ushbu iste’mol qilingan suvni mutanosib ravishda hisobga olish usulini soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida aks ettirish lozim.

Soliqni hisob-kitob qilish va toʻlash haqida barchasini quyidagi tavsiyada oʻqing:

 

Agar notijorat tashkiloti pulli kurslarni alohida binoda olib borsa

Bu notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻri keladigan foydalaniladigan suvning alohida-alohida hisobini yuritish imkonini beradi.

Ushbu binoda hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha iste’mol qilingan suv hajmiga soliq solinadi. Tashkilotning asosiy (notijorat) faoliyatiga toʻgʻri keladigan suv hajmiga soliq solinmaydi.

 

 

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Oʻzbekistonda: hisoblash suv soligʻi, suv resurslaridan foydalanish, tabiiy resurslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, stavkalar qanday belgilanadi va hisobot qanday taqdim etiladi. Qonunchilikdagi asoslar, imtiyozli holatlar, хato va tekshiruvlarga oid barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text200828_notijorat_tashkiloti_suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliqni_qanday_tulaydi