Foyda soligʻi hisob-kitobida sugʻurta tashkilotlarining zaxira fondlariga ajratmalar chegirib tashlanadimi

preview

«Sugʻurta tashkiloti turli zaxiralarni shakllantiradi va ularni Moliyaviy  natijalar toʻgʻrisida hisobotning (2-son shakl) 014, 015, 016 va 018-satrlarida aks ettiradi. Ammo foyda soligʻi hisob-kitobi shaklini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomada ushbu masala boʻyicha hech qanday tushuntirishlar mavjud emas. Biz xat bilan soliq organiga murojaat qildik va zaxiraga xarajatlarni Foyda soligʻiga 2-ilovaning 0138-satrida aks ettirish maqsadga muvofiq degan javob oldik.

Zaxirani yaratish xarajatlari foyda soligʻi boʻyicha chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibiga kiritiladimi? Ularni Foyda soligʻi hisob-kitobida qayerda aks ettirish kerak?».

Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

 

Mutaxassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Foyda soligʻini hisob-kitob qilishda sugʻurta tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan belgilangan me’yorlar doirasida zaxira fondlariga ajratmalarni chegirib tashlanadigan xarajatlarga olib boradi. Bu zaxira fondlari sof foyda hisobiga shakllantiriladigan hollarga tatbiq etilmaydi. Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan boʻlsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi .

Eslatib oʻtamiz

Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va joylashtirish tartibiga talablar maxsus Nizom bilan belgilanadi.

Bu – sugʻurta qildiruvchilar tomonidan toʻlangan sugʻurta mukofotlaridan shakllantiriladigan va sugʻurtalovchi balansida aktivlar yoki majburiyatlar tarzida hisobga olinadigan mablagʻlar. Ular sugʻurta toʻlovlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish, zararlarni tartibga solish boʻyicha xarajatlar va oldini olish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun zarur  .

 

Texnik zaxiraning koʻpayishi – bu zarar, uning kamayishi esa – foydani aniqlashda daromad .

Sugʻurta tashkilotlari Foyda soligʻi hisob-kitobini 10205_38-shakl boʻyicha taqdim etadi. Hisob-kitobga 1-ilovada zaxiralarning oʻzgarishi natijalarini aks ettirish uchun 024-028-satrlar nazarda tutilgan. Ular sugʻurta tashkilotlari uchun Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 014-018-satrlariga toʻgʻri keladi.

Zaxiralarning koʻpayishini 024-028- satrlarda manfiy belgi bilan, zaxiralarning kamayishini esa musbat belgi bilan aks ettiring (Sugʻurta tashkilotlari uchun foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovaga izohlar 3-b.).

 

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text201112_foyda_soligi_hisob-kitobida_sugurta_tashkilotlarining_zahira_fondlariga_ajratmalar_chegirib_tashlanadimi