Chakana savdo uchun markirovkalangan alkogol mahsuloti qanday sotib olinadi

preview

«Mehmonxona alkogol mahsulotlarining chakana savdosi uchun litsenziya oldi. U majburiy raqamli markirovkalanishi lozim va biz tovar harakatini kuzatib borish uchun ushbu tizimda ishtirok etishimiz kerak. Ammo buning uchun nimalar zarur? Bizga maslahat berishlaricha, buning uchun biz ichimliklarni faqat ishlab chiqaruvchilardan sotib olishimiz kerak. Biroq biz hozircha bunday shartnoma tuzishga tayyor emasmiz, sababi sotuvlar hajmi katta emas. Biz alkogol mahsulotlarini korporativ karta orqali doʻkondan sotib olishimiz mumkinmi? Agar – mumkin boʻlsa, sotib olinadigan ichimliklarning raqamli markirovkalash kodlari bizga roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun nima qilishimiz kerak?»

Raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarima ishlab olmaslik uchun chakana savdo shoxobchalari markirovkalangan tovarlar bilan qanday ishlashlari kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Green White Solutions raqamli markirovkalash integratori biznes-tahlilchisi Ilmir MINGARIPOV gapirib berdi:

Mutaxassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Ayni paytda fiskallashtirish bilan birga kechadigan markirovkalangan tovarni sotib olish bilan bogʻliq har qanday operatsiya bunday tovarning aylanmadan chiqarilishiga olib keladi.

Ya’ni, agar siz shunchaki tovarni qayta sotish uchun KPK yordamida chakana sotib olsangiz, sizga uni kassadan oʻtkazishadi va onlayn-NKT chekini berishadi. Bu markirovkalangan tovarni aylanmadan chiqaradi va siz bunday alkogol mahsulotini otelda tashrif buyuruvchilarga qonuniy sota olmaysiz.

Qayta sotish qonuniy boʻlishi uchun siz baribir markirovkalangan tovarni EHF boʻyicha sotib olishingiz kerak boʻladi. Asl belgisi tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan har qanday bozor ishtirokchisi, chakana doʻkon – shu jumladan sizga tovarni EHF boʻyicha topshirishi mumkin. Bunda u toʻlovni kompaniya kassasiga naqd shaklda hamda naqdsiz usulda qabul qilishi mumkin.

E’tibor bering

Bu yerda muayyan summaga tovar oldi-sotdisi faktini fiskallashtiradigan kassa apparati (yoki onlayn-kassa) va toʻlov/oldindan toʻlovni qabul qiladigan, ular boʻyicha fiskallashtirishsiz – kassa kirim orderi yozib beriladigan kompaniyaning kassasini farq qilish lozim.

KPKga nisbatan – bundan variant boʻlishi mumkin. Biroq bunda siz sotuvchidan onlayn-NKT cheki oʻrniga 489-son VMQga 2-ilovaning 5-bandiga muvofiq sizga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirib berishlarini iltimos qilishingiz lozim.

Siz yakuniy iste’molchi boʻlmagan holda alkogol mahsulotini sotib olganingizdan keyin (chek boʻyicha), aylanma ishtirokchisi sifatida esa (EHF bilan) siz identifikatsiya qilish vositalari orqali mahsulotlarni raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilish va uning aylanmasini kuzatib borishga majbur boʻlasiz. Ular chakana savdo korxonasiga Asl belgisi raqamli markirovkalash tizimiga nazorat-kassa texnikasi yordamida tovarlarni aylanmadan chiqarish toʻgʻrisidagi axborotni kiritish majburiyatin yuklaydi .

Kassa chekini shakllantirishda siz skaner yordamida realizatsiya qilingan har bir birlikdagi Data Matrixni oʻqishingiz kerak.

Faqat hisob-kitoblarni qoʻllashda nazorat-kassa texnikasini qoʻllamaslikka haqli boʻlgan tovarlar aylanmasi ishtirokchilari istisno hisoblanadi (sizning holatingiz emas).

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishni boshlashdan oldin mehmonxona Asl belgisi tizimida roʻyxatdan oʻtishi, CRPT TURON bilan shartnoma tuzishi, nazorat-kassa texnikasini (shu jumladan – 2D skanerni) markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashga sozlashi kerak. Ushbu birinchi pogʻonada nimaga e’tibor qaratish haqida «Raqamli markirovkalash instrumentlari bilan qanday ishlay boshlash kerak» tavsiyasida batafsil oʻqing.

Alkogol mahsulotlarini keyinchalik mijozlarga sotish uchun xarid qilishda mulk huquqining bir tadbirkorlik sub’yektidan boshqasiga oʻtishini nazarda tutuvchi raqamli markirovkali mahsulotlarni realizatsiya qilish realizatsiya qilinadigan mahsulotning har bir birligi uchun markirovkalash kodlari toʻgʻrisida ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalar bilan rasmiylashtirilishi kerakligini inobatga oling .

Ya’ni mehmonxona raqamli markirovkalash talablarini hisobga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilishi kerak. Bu haqda «Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi» tavsiyasida batafsil oʻqing.
Mehmonxona alkogol mahsulotlarini faqat ishlab chiqaruvchilar yoki import qiluvchilardan xarid qilishi shart emas, u ushbu xaridni mazkur mahsulotning ulgurji yoki chakana savdosi bilan shugʻullanadigan har qanday korxonada amalga oshirishga haqli. Sizda Asl belgisi tizimi bilan oʻzaro hamkorlik chogʻida muammolar yuzaga kelmasligi uchun quyidagi jihatlarga e’tibor bering:

  1. SoliqUz mobil ilovasi yoki Asl Belgisi biznes yordamida EHFni rasmiylashtirishda sotib olinayotgan tovarni tekshiring. Mobil ilovada sotib olinayotgan qadoqdagi raqamli markirovkalash kodini oʻqigandan soʻng mulkdor sifatida sotuvchi – sizga xarid uchun EHF taqdim etadigan tadbirkorlik sub’yekti chiqishi kerak.
  2. EHFga kodlar faqat siz sotib olayotgan qadoqlardan kiritilishini kuzatib boring. Agar qadoqning kodi hisobvaraq-fakturaga kiritilmagan boʻlsa, uni olish mumkin emas.
  3. Siz faqat sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturani tasdiqlagandan soʻng spirtli ichimliklarni realizatsiya qilishni boshlashingiz mumkin.

 

Agar quyib realizatsiya qilinsa

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo korxonalarida koʻpincha, agar ichimlik quyib realizatsiya qilinadigan yoki ovqat tayyorlashda ishlatiladigan boʻlsa, sotuvni qanday rasmiylashtirish kerak, degan savol tugʻiladi. Hozircha bu masala boʻyicha tasdiqlangan qoidalar yoʻq. Shu bilan birga, siz uchun eng muhimi, quyib sotishda realizatsiya qilinadigan shisha idish onlayn-NKMdan oʻtishi shart. Undagi Data Matrixni onlayn-NKTga ulangan skaner bilan oʻqish mumkin, yoki – shisha idish ochilgunga qadar unga onlayn-NKT chekini urish, yoxud – butun ichimlik realizatsiya qilinganidan keyin undan kodni oʻqish mumkin.


Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text201123_chakana_savdo_uchun_markirovkalangan_alkogol_mahsuloti_qanday_sotib_olinadi