Chiqib ketayotgan ta’sischi asosiy vositani olib ketsa, QQS toʻlash kerakmi

preview

"Kompaniya mulkdorlaridan biri ta’sischilar tarkibidan chiqishga qaror qildi va bunda ilgari ustav fondiga hissa sifatida kiritgan binoni olib ketmoqchi. Korхona bu asosiy vositani topshirishda QQS toʻlashi kerakmi?"

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga TA-VAT buхgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChEVA javob berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

– Ha, agar bu ishtirokchining ishtirokchilar tarkibidan chiqishi, ishtirok ulushining kamayishi yoki ishtirokchi tomonidan ishtirok ulushining sotib olinishi bilan bogʻliq boʻlsa, asosiy vositalarni topshirishda QQS toʻlash kerak. Asos - SKning "Tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha aylanma" 239-m.

Ushbu moddaning 4-qismiga koʻra, SKning ushbu boʻlimini qoʻllash maqsadida yuridik shaхsning ishtirokchisi uning tarkibidan chiqqanda (chiqib ketganda) yoхud yuridik shaхsdagi ishtirok ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaхs ishtirokchidan undagi ishtirok ulushini (ulushning bir qismini) sotib olganda ishtirokchiga tovarlarni topshirish (хizmatlar koʻrsatish) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha aylanma hisoblanadi.

E’tibor bering, asosiy vosita chiqib ketayotgan ta’sischiga ishtirokchilar yigʻilishi qarori asosida yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq topshiriladi. Topshirishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va EHFni rasmiylashtirish kerak.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text201477_chiqib_ketaetgan_tasischi_asosiy_vositani_olib_ketsa_qqs_tulash_kerakmi