9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Alyuminiy idishdagi ichimliklarni markirovkalashga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak
2024 yil 1 avgustdan Oʻzbekistonda alyuminiy idishdagi salqin ichimliklarni majburiy markirovkalash joriy etiladi
. Dastlabki paytda raqamli markirovkani joriy etishning asosiy yuki ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga tushadi - ular bozorni markirovkalangan mahsulot bilan toʻldiradilar.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra bu paytda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini Green White Solutions raqamli markirovka integratorining biznes-tahlilchisi Ilmir MINGARIPOV aytib berdi:
Mutaxassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Agar siz alyuminiy idishdagi ichimliklarni ishlab chiqarsangiz yoki import qilsangiz:
1-qadam: "Asl Belgisi" tizimida roʻyxatdan oʻting.
Aslida, siz buni 2024 yil 1 martgacha qilishingiz kerak edi. Agar qandaydir sabablarga koʻra ulgurmagan boʻlsangiz, shoshiling. Siz faqat alyuminiy idishdagi ichimliklarni olib kelish yoki ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlsangiz, bu operatsiyalarni boshlashdan 7 kun oldin roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Buning uchun sizga tashkilotning amaldagi direktori nomiga rasmiylashtirilgan yuridik shaxsning ERIsi va foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlovchi dasturlar - kriptografik dasturiy ta’minot kerak boʻladi. Asosiy ma’lumotlar ERI va YaIDXP ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi. Siz faqat korxona haqidagi ma’lumotlarni - pochta manzili, aloqa ma’lumotlari, ish uchun tovar guruhlari, tashkilotning tovarlar aylanmasida ishtirok etish turi, shuningdek tashkilotingizning bank rekvizitlarini koʻrsatishingiz kerak.
2-qadam: Markirovka tizimi operatori bilan shartnoma tuzing.
Buni siz "Asl Belgisi" tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun ajratilgan muddatlarda qilishingiz kerak. Bu jarayonlarni birlashtirish maqsadga muvofiq. "Asl Belgisi" MAT tashkilotingiz xususiyatlarini hisobga olgan holda kerakli shartnomalarni avtomatik ravishda tuzadi. Bu markirovka tizimiga ulanish shartnomasi (siz koʻrsatgan barcha tovar guruhlari uchun bitta shartnoma) yoki kodlarni taqdim etish shartnomasi (siz koʻrsatgan har bir savdo guruhi uchun alohida shartnomalar) boʻlishi mumkin.
3-qadam: aslbelgisi.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda raqamli markirovka kodlarini buyurtma qiling va oling.
Markirovka kodlarini faqat "Asl Belgisi" MAT beradi. Buyurtmani shakllantirish uchun quyidagilarni koʻrsating:
- tovar kodi (GTIN);
- qadoq turi (iste’mol, guruh);
- markirovka kodlari soni. Foydalanishga tayyor markirovka kodlarini "Asl Belgisi" MAT buyurtmalarni boshqarish stansiyasida (BBS) tekshirish va emissiyadan oʻtkazgandan soʻng yuklab olish mumkin. Tizim markirovka kodlarini yuklab olish uchun formatni tanlashni taklif qiladi - CVS (1 tadan 30 000 tagacha kod) va PDF (1 tadan 500 tagacha kod).
4-qadam: Markirovkani qoʻyish uchun uskunani sozlang.
Bu ishlarga iyul-avgust oylarini bagʻishlang (kamida bir oy kerak boʻladi, shuning uchun kechiktirmang). Alyuminiy bankalarga markirovka qoʻyish uchun maxsus uskuna kerak boʻladi. crpt-turon.uz saytida siz markirovka bilan ishlash uchun texnik uskuna yoki dasturiy ta’minot taqdim etish xizmatlarini taklif qiluvchi integrator-kompaniyalar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin.
5-qadam: Siz ilgari markirovka tizimi bilan ishlamagan boʻlsangiz, uni sinab koʻrishga harakat qiling.
Bu sizga mumkin boʻlgan xatolarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Qiyinchiliklar yoki savollar tugʻilsa, "Asl Belgisi" tizimining mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
6-qadam: Kodlarni qoʻyish va tovarlarni muomalaga kiritish.
Bu jarayon siz uchun 1 avgustdan boshlab majburiy boʻladi. Bu sanadan keyin markirovkalanmagan mahsulotni chiqarish jazolanadigan huquqbuzarlik hisoblanadi. 2025 yil 5 yanvardan boshlab agregatsiyalashni (qadoqdagi kodlarni birlashtirish) boshlang. Har bir kod noyob ekanligini va tovarning har bir birligiga qoʻyilishini unutmang. Kodlar qoʻyilgandan soʻng, markirovkalangan mahsulotni muomalaga kiritish kerak. Bularning barchasi aslbelgisi.uz saytidagi shaxsiy kabinet funksionali yordamida amalga oshiriladi. Markirovkalangan tovarlarni aylanmaning keyingi ishtirokchisiga joʻnating, albatta hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring. 2025 yil 1 maydan boshlab hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda ularda raqamli markirovka kodlarini koʻrsating.
7-qadam: Qonunchilikdagi yangilanishlarni kuzatib boring.
Qonunchilikdagi oʻzgarishlar va yangi talablarni kuzatib borish, shuningdek raqamli markirovka qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Bu jarimalardan qochish va markirovkalangan mahsulotni toʻgʻri hisobga olishga yordam beradi.
E’tibor bering
Bu va raqamli markirovkaning boshqa nozikliklari haqida batafsil ma’lumotni bizning tavsiyalarimizda oʻqing:
- Raqamli markirovkalash vositalari bilan qanday ishlay boshlash kerak;
- Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHFni qanday rasmiylashtiriladi;
- Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi;
- Markirovkalangan tovarni muomaladan qanday chiqarish kerak;
- Ulgurji va chakana savdo korxonalari (shu jumladan dorixonalar va umumiy ovqatlanish) raqamli markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima solinmasligi uchun nima qilishi kerak
Oleg GAYeVOY tayyorladi