Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
"Korхonaga 2023 yil 1 iyunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida lizing shartnomasi boʻyicha 599,697 ming soʻmlik uskuna kelib tushdi. Uni 0310 hisobraqamiga "qoʻydik". Toʻlovlar jadvali 2024 yil 30 iyunda tugadi. 1 iyulda 599,697 ming soʻmlik EHF kelib tushdi, shu jumladan 8,939 ming soʻm QQS (kurs farqidan QQS).
QQSni hisobga olish mumkinmi? Yoki agar dalolatnomada soliq ajratilmagan boʻlsa, 2023 yilda QQSni tuzatish kerakmi?"
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga "Norma" eksperti Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Ob’yektni lizingga topshirishda nafaqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanadi, balki lizing beruvchi QQS summasini ajratgan holda EHF ham taqdim etishi shart. Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda lizing beruvchi bir qator хatolarga yoʻl qoʻygan:
1.Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga koʻra sotuvchidan oʻz hisobiga mol-mulkni sotib oladi. Soʻngra u bu mol-mulkni lizing oluvchiga 12 oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga beradi
. Toʻlovlar jadvali, demak, lizing shartnomasi ham 1 yilga tuzilishi mumkin emas. Amaliyotda bunday holda minimal muddat 13 oyni tashkil etadi.
2.Ob’yektni lizingga topshirishda nafaqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanadi. Lizing beruvchi QQS summasi ajratilgan holda EHF ham taqdim etishi shart. Lizing ob’yektiga lizing toʻlovlari tugagandan soʻng EHF taqdim etish notoʻgʻri.
Mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) topshirishda ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)da QQS boʻyicha soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) toʻlovlari summasi (agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, sotib olish summasi ham qoʻshilgan holda) sifatida, ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadini chegirib tashlagan holda va soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi
. Agar lizing oluvchi lizing ob’yektidan QQS solinadigan aylanmalar maqsadida foydalansa, u kiruvchi QQSni hisobga olish huquqiga ega
.
Lizing toʻlovlari asosiy qarzni qoplash summasi va lizing beruvchining foizli daromadidan iborat. Asosiy qarzni qoplash summalari lizing beruvchining daromadi hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi. Lizing beruvchining foizli daromadi QQSdan ozod qilingan
. Bunda har oyda QQSsiz EHF taqdim etiladi.
Agar shartnomada ob’yektning sotib olish summasi nazarda tutilgan boʻlsa, lizing muddati tugagandan soʻng lizing beruvchi bu summaga QQS summalarini ajratgan holda EHF taqdim etadi.
Mavzu boʻyicha tavsiyalarni oʻqing:
- Lizingga beruvchida lizingni qanday hisobga olish kerak
- Moliyaviy ijara (lizing)ni qanday hisobga olish mumkin
- Lizingga oluvchida lizingni qanday hisobga olish kerak