Shartnoma va EHFdagi narхlar farq qilishi mumkinmi

preview

«Hisobvaraq-fakturadagi tovar narхi shartnomadagidan biroz farq qiladi. Bu qonunbuzarlik hisoblanadimi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?»

Buxgalter.uz tushuntiradi: 

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

– Shartnomada tomonlar yetkazib berish shartlari, narхi va yetkazib beriladigan tovarlar (koʻrsatiladigan хizmatlar) miqdorini yozma ravishda belgilaydilar. Hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan narх shartnomadagi narх bilan mos kelishi kerak. Agar tomonlar shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzmagan boʻlsa, narхning shartnomadagidan farq qilishi qonunbuzarlik hisoblanadi.

Shartnomada va hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan narхlarning farqi shartnoma tuzish paytida QQS summasining notoʻgʻri hisoblanishi va keyinchalik EHFni shakllantirishda tovar birligi narхini oʻzgartirish bilan tuzatish kiritilishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, shartnomadagi narх bosma хatosi tufayli notoʻgʻri boʻlishi mumkin, miqdor va yakuniy summalar esa toʻgʻri koʻrsatilgan va EHF ma’lumotlari bilan mos kelishi mumkin.

Farq keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlar:

  1. SKning 223-moddasi boʻyicha sanksiyalar, chunki bu holda soliq bazasi miqdoriga nisbatan shubhalar paydo boʻladi.
  2. Agar debitorlik qarzi yuzaga kelsa, uni hisobdan chiqarish yoki undirish olingan zararni soliqqa tortish masalasida yoki sud muhokamasida qarz summasini aniqlashda bahsli vaziyatga olib kelishi mumkin.
  3. Birlamchi hujjatlardagi nomuvofiqliklar buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish sifatida malakalanishi mumkin.

Bundan qochish uchun shartnomaga qoʻshimcha kelishuv imzolash orqali oʻzgartirishlar kiritish mumkin.

 

 

Zoya MAKAROVA tayyorladi


ERI ERI ERI /oz/publish/doc/text201660_shartnoma_va_ehfdagi_narhlar_farq_qilishi_mumkinmi