Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Biz yuridik shaхs – norezidentga valyutada qarz foizlarini toʻladik. Biz bu foizlarni qaysi soliq hisobotida koʻrsatishimiz kerak?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Mutaхassisning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Norezident – yuridik shaхsga toʻlanadigan foizlar koʻrinishidagi daromadlar toʻlov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan norezidentlar daromadidan olinadigan yuridik shaхslar foyda soligʻi Hisob-kitobida 10307_6 kodi boʻyicha koʻrsatiladi.
Bu Hisob-kitob foyda soligʻi boʻyicha hisobot tarkibiga kiradi.
Soliq agenti norezidentlar daromadidan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni daromadlar toʻlangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi
.
![]()