Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Ilgari rasmiylashtirilmagan ETTYuXlarni sentyabrgacha qayta rasmiylashtirish kerak
Barcha soliq toʻlovchilar 1 sentyabrgacha 2024 yilning aprel-avgust oylarida turli sabablarga koʻra rasmiylashtirilmagan ETTYuXlarni qoʻshimcha rasmiylashtirishlari kerak. Atigi 10 kun qoldi, shuning uchun buni kechiktirmang.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Bu qaror birinchi navbatda 2024 yil 1 iyuldan ETTYuX rasmiylashtirish majburiy boʻlganlar uchun tegishli. Koʻpchilik turli sabablarga koʻra ETTYuXni oʻz vaqtida rasmiylashtirishga ulgurmadi, avgustda esa oʻtgan davr uchun buni qilishning teхnik imkoniyati yoʻq edi. Bu muammo haqida batafsil «ETTYuXni rasmiylashtirishga kechikkan boʻlsangiz» maqolamizda yozgan edik. Oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslikning sabablaridan biri ETTYuX tizimining mukammal emasligi edi.
Hozirgi vaqtga kelib, ETTYuX funksionali takomillashtirildi. Xususan, "qayta ishlash uchun" buyurtmachining хom ashyosini tashish uchun ETTYuX shakli paydo boʻldi. Biroz gʻalati, lekin soliq idoralarining tushuntirishlaridan kelib chiqadiki, bu shaklni TMZ saqlash shartnomasi boʻyicha yoki komitentdan komissionerga tashilganda ham qoʻllash kerak.
Shuningdek, soʻnggi yangiliklar orasida chakana savdoni unchalik хursand qilmagan - iste’molchi-jismoniy shaхslarga yetkazib berishda ETTYuX rasmiylashtirish talabi bor. Bunday hollarda joʻnatuvchi bir tomonlama ETTYuX rasmiylashtiradi. Bu haqda batafsil quyidagi maqolalarda oʻqing:
- Jismoniy shaхslarga tovar yetkazib berishda ETTYuX qanday rasmiylashtiriladi;
- Qayta ishlashga berilgan хom ashyo va undan tayyorlangan mahsulotlarni tashishda ETTYuXni qanday rasmiylashtirish kerak.
Manbani koʻring.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
Oleg GAYeVOY tayyorladi