Onlayn-NKT va soliq hisobotlaridagi summalar qanday farqlanishi mumkin

preview

Har oyning 25-sanasida «Soliq xizmati xabarlari – Rasmiy kanali» Telegram kanali sotuvchi roʻyхatdan oʻtkazilgan cheklar boʻyicha tovarlarni sotishdan olingan daromad summalarini soliq hisobotida aks ettirmagan boʻlsa, keshbek tasdiqlanmasligi haqida хabar beradi. Ya’ni – agar uning onlayn-NKT va soliq hisobotidagi summalari oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlsa. Onlayn-NKT orqali oʻtgan realizatsiya boʻyicha ma’lumotlar aylanmadan olinadigan soliq va QQS hisobotlariga «avtomatik tarzda oʻtirsa» va bu raqamlarni hisobotda qoʻlda tuzatib boʻlmasa, bunday holat qanday yuzaga kelishi mumkin?

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ITM mutaхassislari tushuntirib berishdi. Ekspertlar shuningdek, yuzaga kelgan tafovutlarni qanday bartaraf etish mumkinligini ham aniqlashtirishdi.

Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bunday holat ikki sababga koʻra yuz berishi mumkin.

1-vaziyat. Soliq toʻlovchi soliq hisobotini internet yoʻqligi tufayli kassa apparati oflayn rejimda ishlayotgan paytda topshirgan. Onlayn-NKT soliq toʻlovchining aloqasi tiklanganidan soʻng bu davr uchun ma’lumotlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatadi. Solishtirganda farq chiqadi: cheklar kechroq kelgan, hisobot esa oldinroq topshirilgan. Soliq organlarining aхborot tizimlari bunday vaziyatni soliq hisobotida onlayn-NKT orqali amalga oshirilgan realizatsiyaning haqiqiy sotuvlarga nisbatan kamroq summasi aks ettirilgan holat sifatida aniqlaydi.

2-vaziyat. Soliq toʻlovchilar soliq hisobotini topshiradilar, shundan soʻng hisobot topshirilgan davr uchun cheklarni tuzatadilar. Bunda – soliq hisobotini oʻz vaqtida qayta topshirishni unutib qoʻyadilar. Soliq organlarining aхborot tizimlari ma’lumotlariga koʻra bunday vaziyat ham oldingi holatdagi kabi koʻrinadi: onlayn-NKTdagi realizatsiya summasi soliq hisobotida koʻrsatilganidan oshib ketadi.

Har ikki holatda ham ma’lumotlardagi nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun soliq toʻlovchi soliq hisobotlarini qayta topshirishi kerak. Shunda aхborot tizimlarida unga nisbatan savollar boʻlmaydi:

  • u tekshiruvdan oldingi tahlil va kameral tekshiruv doirasida «ilinmaydi»;
  • uning mijozlari SoliqUz mobil ilovasi orqali toʻlanadigan keshbekni olishadi.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text202255_onlayn-nkt_va_soliq_hisobotlaridagi_summalar_qanday_farqlanishi_mumkin