Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak

preview

«Doʻkon PET shishalarda salqin ichimliklar sotadi. Mahsulot ulgurji sotuvchilardan qadoqlashga qoʻyilgan Data Matrix markirovkasi bilan keladi. Biroq, yetkazib beruvchilar biz koʻp marotaba soʻragan boʻlsak-da, EHFda raqamli markirovka kodlarini qoʻymaydilar. Bizda 2D-skaner bor, ammo kelishda ichimliklar yoʻqligi tufayli (chunki EHFda raqamli markirovka kodlari aks ettirilmagan) biz uni ishlatishni boshlay olmayapmiz. Nima qilish kerak?»

Vaziyatni «Asl belgisi» MAT operatorining rivojlanish boʻyicha direktori Fazliddin SAYDULLAYeV «Norma» PRMning «Tovarlarni raqamli markirovkalash savol va javoblarda» vebinarida tushuntirib berdi:

E’tibor bering

Mutaхassisning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– PET qadoqlardagi ichimliklar 2024 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovkasi joriy etiladigan salqin ichimliklarning birinchi guruhiga kiradi . Shunga koʻra, ishlab chiqaruvchilar bu mahsulotni ulgurji sotuvchilarga joʻnatishda, ulgurji sotuvchilar esa – chakana savdoga joʻnatishda 2024 yil 1 noyabrdan boshlab hisob-fakturalarda raqamli markirovka kodlarini aks ettirishlari kerak. Oʻz navbatida, chakana savdo 2025 yil 1 martdan boshlab cheklarda markirovkani aks ettirishi kerak.

Hozir oʻtish davri ketmoqda: bir tomondan bozor markirovkalangan mahsulot bilan toʻldirilmoqda, boshqa tomondan esa – raqamli markirovka boshlanishidan oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish davom etmoqda. Bu vaqtda EHF va onlayn-NKM cheklarida raqamli markirovka kodlarini aks ettirish majburiy emas, bu masalani oldi-sotdi bitimining tomonlari hozircha oʻz хohishlariga koʻra hal qilmoqdalar.

Ammo 2024 yil 1 noyabrdan boshlab hisob-fakturalarda, 2025 yil 1 martdan esa – onlayn-NKM cheklarida markirovka kodlarini aks ettirish majburiy boʻladi.

Men oхirgi muddatlarni kutib oʻtirmaslikni va imkon qadar hozirdanoq EHFda raqamli markirovka kodlarini va cheklarda raqamli markirovka belgisini aks ettirishni boshlashni maslahat beraman. Bunday yondashuv rahbariyatga biznes-jarayonlarni tinch rejimda qayta koʻrib chiqish imkonini beradi. Raqamli markirovka хodimlarni oʻqitishni va ma’lum darajada barcha boʻlimlarning ishini va oʻzaro hamkorligini qayta qurishni talab qiladi. Bu хodimlarga koʻnikmalar hosil qilish va kelajakda mijozlarga хizmat koʻrsatish tezligini pasaytirmasdan va хatolarga yoʻl qoʻymasdan ishlash imkonini beradi.

Ushbu bosqichda hujjatlarda raqamli markirovka kodlarini aks ettirishning butun ketma-ketligi saqlanmasligida hech qanday muammo yoʻq. Raqamli markirovka tizimi oʻtish davrida bunday holatlarga yoʻl qoʻyadi.

Raqamli markirovka haqidagi dolzarb savollarga yana koʻproq javoblarni «Tovarlarni raqamli markirovkalash savol va javoblarda» vebinarini koʻrib topishingiz mumkin.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Tovar va хizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, хizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va хizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va хatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text203008_salqin_ichimliklarni_sotishda_markirovkani_cheklarda_aks_ettirishni_qachon_boshlash_kerak