Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq qoʻmitasi ETTYuX tizimini «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning yagona darcha tizimi bilan integratsiya qildi. Natijada soliq toʻlovchi qoʻlda toʻldirishi kerak boʻlgan ETTYuX maydonlari soni qisqartirildi.
Bu – yaхshi yangilik: buхgalteriyada ish ham, хatolar ham kamayadi.
Gap nima haqida?
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Endi yuklarni temir yoʻl transportida joʻnatishda, soliq toʻlovchi ETTYuX shakliga «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tomonidan ajratilgan vagonlar boʻyicha ID-raqamlarini kiritganda, quyidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi:
- yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchi haqida;
- yuklash va tushirish manzillari (stansiyalar) haqida;
- vagon turi va raqami haqida;
- yuk haqida (tovar nomi, miqdori);
- yetkazib berish masofasi haqida;
- yetkazib berish qiymati haqida.
Hujjatni imzolashdan oldin barcha avtomatik kiritilgan ma’lumotlarni qayta tekshirib chiqish kerak. Agar tafovutlar chiqsa, «Oʻzbekiston temir yoʻllari»ning tegishli boʻlimiga murojaat qilish va ma’lumotlarni aniqlashtirish kerak.
Manbani koʻring.
![]()