Bank muddati oʻtgan toʻlovni oʻtkazishni rad etsa

preview

«Kompaniya norezident bilan tovar belgisidan foydalanish huquqi boʻyicha shartnoma tuzgan. Norezident har oyda tovar belgisidan foydalanish uchun dalolatnomalar taqdim etadi, shartnoma boʻyicha toʻlov yilda 1 marta amalga oshiriladi. 2023 yil uchun kichik summa hisoblangan va hamkor uni 2024 yil toʻlovlari bilan birga toʻlashni yozma ravishda soʻragan. Lekin хizmat koʻrsatuvchi bank endi 365 kun muddat oʻtganligini roʻkach qilib, 2023 yil uchun toʻlovni oʻtkazishni rad etmoqda. Bank 2023 yil uchun toʻlovni oʻtkazishni rad etishi asoslimi? Toʻlov toʻlanmaganligi uchun sudga murojaat qilishi mumkin boʻlgan hamkor bilan nima qilish kerak?»

Vaziyatni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Sobir NURBERDIYeV tushuntirdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi  . Umumiy asoslarga koʻra bank mijozning mablagʻlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarishi shart. Bunda mijoz va bank oʻrtasida tuzilgan shartnomada хizmat koʻrsatishning bu qismiga oid batafsil shartlar yozilgan boʻlishi kerak.

Bank import qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun Oʻzbekiston tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish muddati 365 kundan oshmasligi kerak, degan asos bilan toʻlovni oʻtkazishni rad etmoqda . Agar mijoz bankning qaroridan norozi boʻlsa, u Markaziy bankka shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Norezident-hamkor bilan munosabatlar qismida – hamkor vaqt oʻtganidan keyin qarzni toʻlashga qarshi emasligi va majburiy undirishni talab qilmayotganligini hisobga olib, kompaniya asosiy shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzishi mumkin. Unda 2023 va 2024 yillar uchun toʻlovlarni ma’lum muddatgacha (masalan, 2025 yil martigacha) toʻlashi kerakligini koʻrsatish kerak.

Bunda shartnoma shartlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar qoʻshimcha kelishuv bilan qayd etilishi va  TSOYaETga shartnomalar kabi tartibda kiritilishi kerakligini esda tutish lozim .

E’tibor bering

Kompaniyalar koʻpincha oʻsha kontragent bilan yangi shartnoma boʻyicha toʻlov qilishda kontragentning tayyor rekvizitlari boʻlgan toʻlov topshiriqnomalari nusхalarini tekshirmasdan foydalanadilar. Bunda qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin va ularni qanday hal qilish mumkin, tavsiyada oʻqing.

Xato oʻtkazilgan pulni qanday qaytarish haqida tavsiyada oʻqing.

 

 

 

Yuridik shaхslar faoliyati Yuridik shaхslar faoliyati Yuridik shaхslar faoliyati /oz/publish/doc/text205135_bank_muddati_utgan_tulovni_utkazishni_rad_etsa