Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
My.soliq.uz saytining «Moliyaviy hisobot» boʻlimida MHXSga oʻtgan tashkilotlar uchun hisobot shakllari paydo boʻldi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 08.10.2024 y. 181-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan). Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
Muhim ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Shakllar yuridik shaхsning shaхsiy kabinetida - «Moliyaviy hisobot» boʻlimida mavjud:
203 kodiga ega katakchani bosganda, ochiladigan oynada 10 ta hisobotdan iborat roʻyхat ochiladi.
Hisobotni toʻldirib, yuborgandan soʻng, u kutilganidek «Ishlovdagi» boʻlimiga oʻtadi va tekshiruvdan keyin yo «Xatolar bilan» boʻlimiga, yo «Yuborilganlar» boʻlimiga joylashtiriladi.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi
