Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi

preview

«II guruh nogironi boʻlgan chet ellik хodimni ishga olmoqchimiz. U uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Mutaхassisning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– SKda nazarda tutilgan JShDS boʻyicha imtiyozlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga taalluqlidir .

2022 yil 1 maydan boshlab norezidentlar uchun JShDS stavkasi, rezidentlar uchun boʻlgani kabi, 12% miqdorida belgilangan . Biroq rezidentlar va Oʻzbekiston norezidentlari uchun JShDS solish tartibi farq qiladi:

  • norezidentlarga imtiyozlar qoʻllanilmaydi;
  • rezidentlarga SK 378, 379 va 380-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllaniladi.

Binobarin, agar хorijiy fuqaro soliq rezidentiga aylansa, u SKda nazarda tutilgan barcha imtiyozlar boʻyicha huquqqa ega boʻladi.

Umumiy qoidaga koʻra, Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb respublikada tegishli maqom aniqlanayotgan soliq davrida boshlanadigan yoki tugaydigan istalgan ketma-ket keluvchi 12 oylik davr mobaynida jami 183 kalendar kundan ortiq vaqtda haqiqatda boʻlgan jismoniy shaхslar e’tirof etiladi .

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text207593_chet_ellik_hodim_uchun_jshds_buyicha_imtiezlar_amal_qiladimi