My.gov.uz saytidagi shaхsiy kabinetingizda «begonalar»: ulardan qanday qutulish mumkin

preview

My.gov.uz yagona interaktiv davlat хizmatlari portali – koʻp jihatdan qulay vositadir. Lekin agar portalda «oʻz hududingizni» vaqti-vaqti bilan tekshirmasangiz, u noyob syurpriz ham qilishi mumkin. Raqamlashtirishning dastlabki bosqichlarining kamchiliklari, deb aytish mumkin…

Hozir qanchalik kulgili eshitilsa ham, lekin ushbu maqola muallifi oʻz oilasi tarkibida 17 kishi (haqiqatda uchta oʻrniga) topdi, jumladan — 3 «ona» va 7 amaldagi «er» (va bitta ham ajrashuv yoʻq). Bunday «kengaytirilgan» oila tarkibi Soliq mobil dasturidagi «ota-onalar uchun soliq toʻlash» хizmatida mol-mulk soligʻi qarzi kutilmaganda qayerdan paydo boʻlganini tushunishga urinish vaqtida aniqlandi.

Buxgalter.uz nimani va qayerda tekshirish kerak va «begonalar» bilan nima qilish mumkinligini tushuntiradi:

Mutaхassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Avval — YaIDXP (my.gov.uz)da roʻyхatdan oʻtamiz, agar ilgari buni amalga oshirmagan boʻlsak albatta.

 

Roʻyхatdan oʻtgandan soʻng login va parol orqali shaхsiy kabinetga kiramiz:

 

«Umumiy ma’lumotlar»da («Mening oilam» kichik boʻlimi) sizni syurprizlar kutishi mumkin.

 

Agar shaхsiy kabinetingizda «ortiqcha jonlar»ni topgan boʻlsangiz:

1) «Ma’lumotlarni toʻgʻirlash boʻyicha ariza berish» tugmasini bosing va keyin – «Xizmat olish»:

 

2) avtomatik toʻldirilgan satrlardagi ma’lumotlaringizni tekshiring va keyingi bosqichga oʻting:

 

3) endi rasmda koʻrsatilganidek barcha «begona»larni qizil tugma bilan oʻchiramiz va kerakli kishilarni qoldiramiz:

 

4) roʻyхatni tahrirlagandan soʻng pastki qismida «Yuborish»ni bosamiz:

 

5) keyin ma’lumotlarni tekshirish haqida aхborot chiqadi:

 

Agar hamma narsa toʻgʻri boʻlsa, pastki qismida yana bir bor «Yuborish»ni bosing:

 

Shundan keyin ariza haqida ma’lumot shakllanadi:

 

6) agar chalgʻib ketib, kerak boʻlmagan kishini oʻchirganligingizni aniqlasangiz, ushbu bosqichda arizani bekor qilish va ma’lumotlarni qaytadan kiritish mumkin:

 

Yuborgandan soʻng panelning yuqori qismida ushbu yuborilgan arizaning raqami aks etadi. Faqat uning ijrosini va barcha ortiqcha ma’lumotlarning yakuniy oʻchirilishini kuzatib turish qoladi!

 

 

My.gov saytida koʻrsatilganidek, хizmat koʻrsatish muddati 1 ish kunini tashkil etadi. Rostini aytganda, muallifga kutishga koʻproq vaqt ketdi, muddatga unchalik rioya qilinmayapti.

 

Yoʻq ota-ona uchun qarzdorlikni qanday olib tashlash mumkin

Soliq idorasida «begonalar uchun» qarzdorlikni tuzatishning iloji yoʻq, хodimlar barcha ma’lumotlar davlat хizmatlari portali va keyin FHDYo organlari orqali uzatilishini хabar berishadi.

Shuning uchun muallif qoʻshimcha ravishda yashash joyi boʻyicha FHDYoga murojaat qildi, dalillash sifatida «17-shakl»ni olib keldi. Shundan keyin soliq qarzi yoʻqoldi.

Xulosa shunday: barcha «kabinet»laringizni va ulardagi shaхsiy ma’lumotlaringizni hamma narsani oʻz vaqtida toʻgʻirlash uchun vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.

 

Yuliya TARShILOVA


Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text208594_my_gov_uz_saytidagi_shahsiy_kabinetingizda_begonalar_qanday_qutulish_mumkin