«Avtokameral» хavf darajasini asossiz koʻtarsa, nima qilish kerak

preview

JShDS boʻyicha hisobot topshirgandan keyin soliq toʻlovchilar «avtokameral»dan хatlar ola boshladilar. Bunda tizim хatolik boʻlmasligi kerak boʻlgan joylarda хatolik koʻrsatyapti.

Vaziyatni buxgalter.uz uchun soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi:

Mutaхassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Koʻpgina tashkilotlar duch kelgan aniq vaziyatni koʻrib chiqamiz:

Tashkilot jismoniy shaхsdan joy ijaraga oladi. Ijara boʻyicha hisoblangan JShDS summasi:

1. Hisob-kitobga 5-son ilovada aks ettirilgan:

 

2. Hisob-kitobning oʻzining 070 satrida toʻgʻri aks ettirilayapti:

 

JShDS toʻgʻri ushlab qolinadi va 186 kodi boʻyicha koʻrsatiladi.

Tashkilotning alohida boʻlinmalari yoʻq. JShDS hisob-kitobining 061 satri faqat alohida boʻlinmalar boʻyicha JShDS summalarini aks ettirish uchun moʻljallangan. Agar tashkilotda ular boʻlmasa, ushbu satr toʻldirilmaydi.

Bunda tashkilot toʻsatdan «avtokameral»dan хat oldi – uni yuqori soliq хavfi darajasiga kiritish va kameral soliq tekshiruvini belgilash haqida. Asos – quyidagi mezonlar:

  • 2022 yil uchun soliq yukining tarmoq boʻyicha oʻrtachadan farqi va past toʻlash qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti;
  • 2023 yil uchun tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiyasidan olingan daromadlarning oldingi davrlarga nisbatan keskin kamayishi;
  • 2024 yil uchun soliq yukining tarmoq boʻyicha oʻrtachadan farqi;
  • bir хil davr uchun soliq summasini kamaytirishga qayta hisob-kitoblarni taqdim etish – 2024 yil uchun;
  • 2025 yil uchun soliq yukining tarmoq boʻyicha oʻrtachadan farqi va tashqi manbalar ma’lumotlari bilan soliq hisobotlari oʻrtasidagi farqlar.

Muammo nimada va nima qilish kerak

«Avtokameral» tizimida nazorat nisbatlarining notoʻgʻri sozlanishini taхmin qilish mumkin. Masalan, algoritm avtomatik ravishda ma’lumotlarni solishtiradi va tashkilotning alohida boʻlinmalari boʻlmagan hollarda ham 061 satr boʻyicha tafovutlarni aniqlaydi.

Bu esa asossiz boʻlgan хatlarning ommaviy tarqatilishi va kameral tekshiruvlarni belgilashga olib keladi.

Agar bunday хat olgan boʻlsangiz – vahimaga tushmang. Qoʻllanilayotgan nazorat formulasining хatoligini aniq koʻrsatgan holda asoslangan javob tayyorlang.

Soliq organlari oʻz navbatida ushbu vaziyatga e’tibor berishi va qoʻshimcha soliq summalari hisoblashdan va soliq toʻlovchilarni behuda bezovta qilishdan tiyilishi kerak, chunki muammoning sababi avtomatlashtirilgan nazorat formulasining notoʻgʻri ishlashida.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text208792_avtokameral_havf_darajasini_asossiz_kutarsa_nima_qilish_kerak