Hisobvaraqda pul yetishmaganda qaysi soliqlarni birinchi boʻlib toʻlash kerak?

preview

Hisobvaraqda pul yetishmaganda qaysi soliqlarni birinchi navbatda toʻlash kerak? Ish haqi boʻyicha soliqlar bilan aylanmadan olinadigan soliq oʻrtasida tanlash kerak boʻlsa, soliqlar boʻyicha ustuvorlik bormi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Hisobvaraqda barcha soliqlarni toʻlash uchun mablagʻ yetishmaganda buхgalter nima qilishi kerak

Har bir soliqning oʻz toʻlash muddatlari va hisobotni taqdim etish muddatlari bor. Soliq toʻlovchilar ularga rioya qilishi shart.

Eslatib oʻtamiz:

  • JShDS va ShJBPHga badallar jismoniy shaхslarga daromad toʻlashda bir vaqtda, lekin kelgusi oyning 15-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi   ;
  • ijtimoiy soliq hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi ;
  • aylanmadan olinadigan soliq – kelgusi oyning 15-sanasidan kechiktirmay, qat’iy summada aylanmadan soliq toʻlovchilaridan tashqari   .

Amaliyotda koʻpchilik kompaniyalar oʻtgan oy uchun ish haqini kelgusi oyning boshida, odatda 1-10 sanada oʻtkazadi. Agar ishchilarga ish haqi toʻlash paytida hisobvaraqda ham soliqlar, ham ish haqi toʻlash uchun yetarli mablagʻ boʻlmasa:

1) bankka JShDS va ShJBPHning toʻliq summasi boʻyicha toʻlov topshiriqnomalarini, ish haqi uchun chek va ishchilarning bank kartalariga ish haqini oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim eting;

2) bank:

– hisobvaragʻdagi mablagʻlar qoldigʻidan kelib chiqib soliqlarni mutanosib ravishda toʻlaydi va ish haqini toʻlaydi;

– toʻlanmagan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatilgan holda hisob hujjatlarini 2-son kartotekaga kiritadi .

Aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq va boshqa soliqlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay хuddi shunday harakat qiling: bankka soliqlar toʻlash boʻyicha toʻlov topshiriqnomalarini taqdim eting.

E’tibor bering

Hisobvaraqda mablagʻ yetishmasa ham, hamisha soliqning toʻliq summasi boʻyicha toʻlov topshiriqnomasini bering. Bu kompaniya rahbarini jarimadan saqlaydi.

 

Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha soliqlarning boshqalardan ustuvorligi bormi

Kompaniya hisobvaragʻi 2-son kartotekada boʻlganda, soliqlar boʻyicha toʻlovlar birinchi navbatda – boshqa birinchi navbat toʻlovlari bilan bir qatorda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston qonunchiligida soliqlar turlari oʻrtasida ustuvorlik yoʻq. Shuning uchun buхgalter qaysi soliq «muhimroq» ekanligini hal qilishi shart emas.

Agar hisobvaraqdagi mablagʻ yetishmasa, bank birinchi navbat toʻlovlarini mutanosib ravishda taqsimlaydi. Shunday qilib, davlat har bir majburiyat boʻyicha qism oladi.

«Hisobvaraqda mablagʻ yetishmaganda toʻlovlarni qanday amalga oshirish» yuzasidan toʻliq tushuntirishni va hujjat namunalarini oling > > >

Tavsiyamizda:

  • buхgalterning harakat algoritmi – ayni paytda soliq toʻlash imkoni boʻlmasa, jarima olmaslik uchun qadamma-qadam nima qilish kerak;
  • 2-son kartoteka mavjud boʻlganda toʻlovlarni hisobdan chiqarish ketma-ketligi – qaysi toʻlov birinchi boʻlib oʻtadi, qaysisi «osilib qolishi»ni tushunish uchun;
  • soliqlarni mutanosib ravishda hisobdan chiqarish – sizning kompaniyangizga osongina qoʻllash mumkin boʻlgan misolda;
  • kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun yechimlar – soliq qarzdorligida boʻlsa ham kompaniya ishini davom ettirishi uchun pulga qesha boʻlish mumkin.

 

 

 

Soliq majburiyatlarini bajarish Soliq majburiyatlarini bajarish Soliq majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text210651_hisobvaraqda_pul_etishmaganda_qaysi_soliqlarni_birinchi_bulib_tulash_kerak