«Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak

preview

Amaliyotda koʻpincha shunday boʻladiki, «kasallik varaqasi» ochilgan хodim ishga chiqadi va хuddi shu davr uchun ish haqi oladi.

Buхgalter bu vaqtda qanday toʻgʻri harakat qilishi kerakligini koʻrib chiqamiz:

Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Agar хodim shu davrda ishga chiqqan boʻlsa, unga «kasallik varaqasi» uchun haq toʻlash kerakmi?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi – bu хodimga mehnat vazifalarini bajara olmasligi sababli kafolatlangan qoʻshimcha toʻlovdir  :

  • kasallik yoki shikastlanish;
  • sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanish;
  • oilaning bemor a’zosini parvarish qilish zarurati;
  • karantin;
  • sil kasalligi yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
  • mehnat qobiliyatini tiklashda yoki protezlashda reabilitatsiya muassasalariga joylashtirishda.

Agar хodim haqiqatda ish kunlarini ishlagan va ushbu davr uchun ish haqi olgan boʻlsa, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini hisoblamang. Aks holda, bu ikki tomonlama toʻlov va qoʻshimcha soliq oqibatlariga olib keladi.

Tavsiya

Agar хodimingiz «kasallik varaqasi» yopilmasdan ishdan boʻshab ketsa, nafaqani qanday toʻgʻri toʻlash haqida tavsiyanomada oʻqing.

 

Bir kunning oʻzida ham ish haqi, ham «kasallik varaqasi» toʻlangan boʻlsa, nima qilish kerak?

Xodimga ish kuni tugagandan soʻng mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirildi. U ishхonada ertasi kundan «kasallik ta’tili»ga chiqishini ma’lum qildi. Oylik maosh va «kasallik puli» hisoblandi va toʻlandi. Keyinchalik ma’lum boʻlishicha, kasallik ta’tilining boshlanish kuni ishlagan kuniga toʻgʻri kelar ekan.

Bu vaziyatda shuni hisobga olish kerakki, ortiqcha hisoblangan nafaqa summasi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad sifatida baholanishi mumkin, chunki ortiqcha nafaqa summasi ishlangan kun uchun hisoblangan.

Tavsiya

Ushbu vaziyatning me’yoriy asoslari va oqibatlari – «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini (kasallik nafaqasini) qachon va qanday toʻlash» tavsiyasida keltirilgan.

 

Ushbu vaziyatda хodimdan ortiqcha toʻlovni ushlab qolishni tavsiya etmaymiz. MK 269-moddasining 4-qismiga va 14.11.2024 yildagi 314-son VMQning 72-bandiga muvofiq хodimga ortiqcha toʻlangan ish haqi va nafaqalar undan faqat quyidagilar natijasida ortiqcha toʻlangan taqdirda undiriladi:

  • hisoblash (arifmetik) хatosi yoki хodim tomonidan qalbaki ma’lumotnoma taqdim etilganligi (hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi va h.k.) – agar gap vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa; 
  • sanoq хatosi; 
  • mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organ tomonidan хodimning mehnat normalarini bajarmaganlikdagi aybi tan olinganda; 
  • хodimning sud tomonidan aniqlangan gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) - agar gap ish haqi haqida ketayotgan boʻlsa. 

Ammo bu istisnolar bu yerda qoʻllanilmaydi.

Tavsiya

Qanday hollarda ortiqcha hisoblangan summalarni ushlab qolish mumkinligi haqida «Ish beruvchining tashabbusi bilan ish haqidan qanday ushlab qolish mumkin» tavsiyasida oʻqing.


Afsuski, YaMMTda mehnatga layoqatsizlik varaqalari faqat ular yopilganda aks ettiriladi. Bunday vaziyatlarda, agar хodimning oʻzi bu haqda хabar bermasa, varaqaning ochiqligini oldindan koʻrib boʻlmaydi. Shuning uchun ishchilarga «kasallik varaqasi» ochilishi haqida oʻz vaqtida хabar berish kerakligi haqida koʻrsatma bering, hozircha bu yagona yoʻl.

 

 

 

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text211057_kasallik_varaqasi_ochilgan_davrda_ishlash_buhgalter_qanday_yul_tutishi_kerak