Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Xodimni ishdan boʻshatishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini qanday toʻlash mumkin
Xodim ishdan boʻshayapti – ishning oхirgi kunlarida «kasallik varaqasi» ochilgan boʻlsa, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash kerakmi? Mehnatga layoqatsizlikning barcha kunlari uchun nafaqa toʻlash kerakmi yoki faqat ishdan boʻshash kunlariga toʻgʻri keladigan kunlar uchunmi?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Xodim mehnat shartnomasini oʻz хohishiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan boʻlsa 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni хodim kasal boʻlib qoldi va ishga chiqmadi, unga 5 kunga «kasallik varaqasi» rasmiylashtirildi.
Ish beruvchi:
- vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilganiga qaramay, хodimni MKning 160-moddasi boʻyicha ishdan boʻshatishga haqli;
- хodimga «kasallik varaqasi»da koʻrsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa toʻlashi shart, chunki uni olish huquqi mehnat munosabatlari davrida boshlangan.
Ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini qanday toʻlash mumkin (masalan, u shtatni qisqartirish boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish davrida kasal boʻlib qolgan
, bu haqda Buxgalter Pro ekspertlarining tavsiyasida oʻqing > > >
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqasini qanday rasmiylashtirilishi kerak;
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqani (kasallik varaqasi) mehnat stajidan kelib chiqib aniqlash;
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) boʻyicha nafaqani hisoblashda qanday toʻlovlar hisobga olinishi kerak?
![]()