Aksiz toʻlanadigan mahsulotni garovga qoʻygan boʻlsangiz...

preview

Tijorat banki korхonaga kredit berdi. Kredit ta’minoti sifatida korхona tomonidan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan mahsulot qoʻyildi.

Bunday holda soliqqa tortiladigan operatsiya amalga oshirilgan sanani qanday aniqlash mumkin?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Garovga qoʻyishda garov predmetiga boʻlgan mulk huquqi oʻtkazilmaydi va shunga koʻra, aksiz soligʻi solinadigan ob’yekt yuzaga kelmaydi.

Agar kredit belgilangan muddatda toʻlanmasa, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan mahsulotga boʻlgan mulk huquqi majburiyatni bajarish hisobiga garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchiga oʻtadi. Shunga koʻra, garovga qoʻyuvchida mulk huquqi oʻtgan sanada soliq solish ob’yekti paydo boʻladi.

Qanday qilib soliq bazasini aniqlash va bunday hamda boshqa hollarda soliqni qanday hisoblash toʻgʻrisida bu yerda batafsil tushuntirilgan > > >

Boshqa keng tarqalgan holatlarda qaysi sana soliq solinadigan operatsiyalarni amalga oshirish sanasi hisoblanishi haqida bu yerda oʻqing > > >

 

 

Aksiz soligʻi Oʻzbekistonda: stavkalar, hisob-kitob, toʻlash aksiz soligʻi, soliq stavkalari, hisob-kitob, toʻlov muddatlari, soliq hisoboti Aksiz soligʻi: qaysi tovarlarga qoʻllaniladi, qanday hisoblanadi, toʻlov muddatlari va hisobot topshirish tartibi. Soliq toʻlovchilari uchun imtiyozlar va amaldagi qonunchilik Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text211661_akciz_tulanadigan_mahsulotni_garovga_quygan_bulsangiz