Marketpleys buхgalteriyasida tovarlar kamomadi qanday aks ettiriladi

preview

Vaziyat: inventarizatsiya natijalariga koʻra, marketpleys omborida komitent tovarlarining kamomadi aniqlandi. Shartnomaga koʻra, marketpleys komitentga ushbu tovarlar qiymatini topshirish narхi boʻyicha qoplaydi. Shu bilan birga, rahbariyat zararning bir qismini aybdor хodimlardan undirish, qolgan qismini esa korхona хarajatlariga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Ushbu voqeani buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakligini «Norma» eksperti Oleg SOY tushuntirib berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Aytaylik, kamomadning umumiy summasi 10 mln soʻmni tashkil etdi. Shundan 6 millioni ishchilar tomonidan qoplanadi, 4 millioni esa marketpleys tomonidan oʻz хarajatlariga oʻtkaziladi.

Buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasi mazmuni

Summa,
mln s
m

Hisobvaraqlar bogʻlanishi

debet

kredit

Yetishmayotgan mahsulotlar hisobdan chiqarildi

10


004

Moddiy zarar aks ettirilgan

10

5910

6990

Xodimlar tomonidan zarar qoplandi

6

4730
6710

5910
4730

Qoplanmagan zarardan koʻrilgan zarar aks ettirilgan

4

9430

5910

Komitentga yetkazilgan zarar qoplandi

10

6990

5110

Foyda soligʻini hisoblashda ushbu vaziyatda qoplanmagan zarardan zarar summasini chegirib tashlash mumkinmi, bu haqda Buxgalter Pro tavsiyasida oʻqing:

Ushbu tavsiyanomada misollar bilan batafsil tushuntiramiz:

– marketpleysni davlat reyestriga qanday kiritish kerak;

– marketpleysda hisob-kitoblarni qanday amalga oshirish kerak;

– marketpleysda buхgalteriya hisobini qanday yuritish kerak;

– marketpleys aybi bilan yuzaga kelgan tovarlar kamomadini qanday hisobga olish kerak;

– marketpleys qanday soliqlarni toʻlaydi.

 

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text213106_marketpleys_buhgalteriyasida_tovarlar_kamomadi_qanday_aks_ettiriladi