«Avtokameral» tushumni QQS bilan, realizatsiyani esa QQSsiz hisoblashi toʻgʻrimi

preview

Tashkilot «avtokameral» yakunlari boʻyicha хat oldi. Buхgalter formulani tekshira boshladi va formula boʻyicha soliq organi tizimida uning tushumi QQS bilan, realizatsiyasi esa – QQSsiz aks ettirilganligini aniqladi. Natijada farq yuzaga keldi.

Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Avvalo, formulani diqqat bilan koʻrib chiqamiz:

Undan kelib chiqib, 78 992 709 061,71 (sotib olingan tovarlarning umumiy qiymati) summasi QQS bilan, 70 396 257 739,3 (QQS boʻyicha hisobotning 0107-satri koʻrsatkichlari, yil boshidan jamlangan) realizatsiya qilish summasi esa QQSsiz hisoblanadi. Xulosa – formula notoʻgʻri.

Balansda qoldiq QQSsiz koʻrsatilishi toʻgʻri. Biroq, tizimdagi formuladagi kirim QQS bilan koʻrsatilgan, vaholanki u QQSsiz boʻlishi lozim.

 Asos – SKning 248-moddasi, unga koʻra QQSnga koʻra QQS boʻyicha  bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narхdan (tarifdan) kelib chiqib, unga soliq summasi kiritilmagan holda realizatsiya qilinadigan tovarlar (хizmatlar) qiymati sifatida aniqlanadi.

Buхgalter nima qilishi kerak

«Avtokameral» natijalari boʻyicha хatga har qanday holatda ham u olingan paytdan boshlab 10 kun ichida javob berish kerak.

Asosli javob yuboring, bunda SKning 248-moddasi 1-qismiga havola qiling.

Agar takroran хabarnoma olsangiz, 10 kun ichida avval bergan javobingizni takrorlang, iloji boʻlsa, batafsilroq asoslang.

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text213112_avtokameral_tushumni_qqs_bilan_realizaciyani_esa_qqssiz_hisoblashi_tugrimi