Proaktiv tarzda shakllantirilgan «avtomat»ingizni kim yubordi

preview

Ba’zi buxgalterlar 20 yanvar kuni mol-mulk soligʻi boʻyicha proaktiv hisobotlar bilan bogʻliq «sirli voqea»ga duch kelishdi. Kimdir ularning oʻrniga «avtomat» hisobotni  topshirib yuborgan! Hamkasblar esa bu ishni qilmaganliklarini aytishmoqda, joʻnatish IP-manzili begona, bu qanday «tuzoq» ekanligi noma’lum...

Vahima qilmang, hamma narsa shunday boʻlishi kerak. Buxgalter.uz bu haqda yozgan edi, soliqchilarning oʻzlari esa 12 yanvar kuni boʻlib oʻtgan vebinarda bu savolga javob berishdi.

Agar band boʻlib, bu ma’lumotni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, bularning barchasi qanday ishlashini yana bir bor tushuntiramiz:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

SK 81-moddasining 5-qismiga muvofiq yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, JShDS, ijtimoiy soliq, QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotini soliq organlari elektron shaklda proaktiv tartibda shakllantiradi.

Muddatidan roppa-rosa 5 kun oldin buxgalter bunday «avtomat»ni oladi. U uni diqqat bilan oʻrganib chiqishi va agar xatolar/noaniqliklar mavjud boʻlsa, 5 kun ichida ushbu hisobotga tuzatishlar kiritishi va uni yuborishi kerak. Yoki –agar tafovutlar boʻlmasa, shunchaki yuborishi zarur.

Endi asosiysi: 5 kun ichida hech narsa qilmagan boʻlsangiz, nima boʻladi?

Bu holda tizim siz soliq hisob-kitobiga toʻliq qoʻshilasiz deb hisoblaydi va oʻz vaqtida hisobotni qanday boʻlsa, shundayligicha yuboradi.

E’tibor bering

Proaktiv hisobotlar tizimi yangi boʻlib, unda texnik xatolar mavjud. Masalan, sizda «Avtomat» paydo boʻlishi va soliq solish ob’yektlari boʻlmagan taqdirda ham soliq hisoblanishi mumkin.

Nima uchun «Avtomat» boʻlimini «boʻsh» kompaniyalar boʻyicha ham tekshirish muhimligini TA-VAT buxgalteriya kompaniyasi asoschisi Aleksandra TOLMAChEVA tushuntirdi:

Tushuntirishga oʻtish > > >

 

 

Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text213113_proaktiv_tarzda_shakllantirilgan_avtomatingizni_kim_yubordi