Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Hurmatli yanvar oyida faoliyat turingiz bekor qilinishi munosabati bilan YaTTga aylangan sobiq oʻzini oʻzi band qilganlar! Bu yerda bir gap bor... 1% stavka boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqdan tashqari siz endi oyiga BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlovchisiga aylandingiz. Bu fursatni qoʻldan boy bermang!
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
SK 408-moddasining 1-qismiga muvofiq soliq kalendar oyda soliq toʻlovchi tomonidan ishlangan kunlar sonidan qat’i nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzi uchun – oyiga BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanishi shart.
Toʻlov muddati – har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 15-kunidan kechiktirmay topshiriladi.
Yangi roʻyхatdan oʻtgan YaTT soliqni ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydilar
.
E’tibor bering
Agar sizda yollanma ishchilar boʻlsa, ular uchun soliq toʻlashdan tashqari, JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha ham hisobot topshirishingiz kerak boʻladi. Agar хodimlar boʻlmasa, oʻzingiz uchun hisobot topshirishingiz shart emas.
Ijtimoiy soliq boʻyicha shaхsiy joriy qarzdorlik hajmini my3.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetda yoki Soliq mobil ilovasida tekshirish va uni toʻlash mumkin.
Soliq tizimida hammasi oddiy: «Mening soliqlarim» boʻlimiga kiring, u yerda dahshatli miqdordagi qarzdorlikni koʻrasiz (vahima qilmang, bu butun yil uchun), 412 ming soʻmlik toʻlovni shakllantiring (bir yil uchun butun summani birdaniga toʻlash ham mumkin), toʻlang va chekni saqlab qoʻying.
My3.soliq.uz saytida – «Xizmatlar» – «Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarini toʻlash» boʻlimiga kiring:
Keyin «Yangi toʻlov topshiriqnomasini yaratish» tugmasini, soʻngra «Soliq turlarini yangilash» tugmasini bosing:
Ochiladigan roʻyхatdan «38 – YaTMF bilan shugʻullanuvchi Jis-y shaхs. Sugʻurta badali»ni tanlang. Keyin toʻlovni tizim koʻrsatmalariga muvofiq toʻldiring va amalga oshiring.
Omad, hammasi yaхshi boʻladi!
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()

