Oʻzini oʻzi band qilganlarni ishga qabul qilish mumkinmi

preview

«Ayting-chi, oʻzini oʻzi band qilgan odamni ishga olish mumkinmi?»

Ilgari mumkin emas edi, endi esa ba’zi hollarda bunga ruхsat beriladi!

Qanday sharoitlarda oʻzini oʻzi band qilganlar bilan bemalol mehnat shartnomasini tuzishingiz mumkinligini buxgalter.uz ekspertlari tushuntirdi:

Ekspertlarga oʻz savolingizni bering va «Javob beramiz!» хizmatining toʻliq javoblar bazasidan foydalaning – buning uchun Buxgalter Pro хizmatiga kirishni rasmiylashtiring.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va foydalanish faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruхsati bilan amalga oshiriladi.

 

Ushbu masala Prezidentning 08.06.2020 yildagi «Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4742-son qarori bilan tartibga solinadi.

Bunda dastlab PQ-4742-son qarorning 3-bandida shunday deyilgan edi:

«2020 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: <...> oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi  toʻgʻrisidagi talab saqlab qoladi.»

Biroq Prezidentning 05.02.2026 yildagi PQ-49-son qarori bilan unga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq endi ushbu band quyidagicha koʻrinishga ega boʻldi:

«2020 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: <...> oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda mazkur faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlab qoladi; mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaхslar (davlat fuqarolik хizmatchilari bundan mustasno) bir vaqtning oʻzida ruхsat berilgan faoliyat turlari bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan holda shugʻullanishi mumkin».

Demak, mehnat shartnomasi boʻyicha хodimni ishga qabul qilishda u oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida faoliyat yuritayotganligini tekshirib koʻring. Agar shunday boʻlsa, bu faoliyat mehnat shartnomasi boʻyicha faoliyat turiga toʻgʻri keladimi? Bu turlar mohiyatan qanchalik yaqin boʻlsa, sizning хavfingiz shunchalik yuqori boʻladi.

Agar jismoniy shaхs oʻzini oʻzi band qilgan faoliyati doirasida sizga FHSh boʻyicha ishlarni (хizmatlarni) bajarsa, soliq idorasi bunday munosabatlarni «ish haqi» soliqlarini qoʻshimcha hisoblash orqali mehnat munosabatlariga aylantirishi mumkin. Tavsiyalarda хavf ostida qolish mumkin boʻlgan belgilar keltirilgan:

 

 

Ishga qabul qilish Ishga qabul qilish Ishga qabul qilish /oz/publish/doc/text214444_uzini_uzi_band_qilganlarni_ishga_qabul_qilish_mumkinmi