9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ta’sischi – norezident yuridik shaxs 2026 yilning III choragida Oʻzbekiston korxonasiga foizsiz qarz beradi. 2026 yilning IV choragida tomonlar qarzni kechirish (muassisning begʻaraz yordamiga qayta rasmiylashtirish) orqali qarz majburiyatini toʻxtatishni rejalashtirmoqda.
Korxona kechirilgan qarz summasini soliq solinadigan daromad tarkibida aks ettirishni va 2025 yil zarariga soliq bazasini toʻliq miqdorda kamaytirishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya rahbariyatida quyidagi savollar paydo boʻldi:
1) Ta’sischi – norezident yuridik shaxs foizsiz qarz berishga haqlimi?
2) 2025 yilgi soliq zararini 100% miqdorida hisobga olish mumkinmi?
3) Qarzni kechirish (begʻaraz yordamga qayta rasmiylashtirish) yoʻli bilan qarzni toʻxtatishga yoʻl qoʻyiladimi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal etish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob bermoqda.
Muhim ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
1. Qarz boʻyicha munosabatlar FKning 732–743-moddalari bilan tartibga solinadi. Qarz shartnomasi taraflarining tarkibiga nisbatan (shu jumladan, qarz beruvchi sifatida norezident-muassis ishtirok etganda) qonunchilikda cheklovlar belgilanmagan. Qarz shartnomasi foizsiz boʻlishi mumkin – tomonlar bu shartni oʻz xohishiga koʻra belgilashga haqli
.
Norezidentdan xorijiy valyutada qarz olingan taqdirda, rezident qarz shartnomasini E-Kontrakt tizimida roʻyxatdan oʻtkazishi shart.
Norezident-muassisdan foizsiz qarz olish qarzning amal qilish davrida Oʻzbekiston korxonasida soliq majburiyatlarini keltirib chiqarmaydi
.
2. Zararlarni kelajakka oʻtkazish tartibi SKning 333-moddasi bilan tartibga solinadi.
2026 yil uchun foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi 2025 yil uchun zarar summasiga (soliq bazasi doirasida) kamaytirilishi mumkin. Zararni koʻchirish yil yakunlari boʻyicha foyda soligʻi hisob-kitobiga 8-son ilovada aks ettiriladi.
3. Qarz shartnomasini qayta kvalifikatsiya qilishda taraflar oʻrtasida tegishli kelishuv tuzilgan holda qarzni kechirish shaklidan foydalanish toʻgʻri boʻladi
.
Kechirilgan qarz summasi korxonaning soliq solinadigan daromadi deb e’tirof etiladi va kechirilgan davrda (2026 yil IV chorak) jami daromad tarkibiga kiritilishi lozim
.
E’tibor bering!
Shartnoma taraflarining shartnoma tuzish bosqichida bitimni qarzdan-qarzni kechishga qayta kvalifikatsiya qilish niyati bitimning soxtaligini koʻrsatadi.
Agar bitim yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi ularning haqiqiy iqtisodiy mazmuniga mos kelmasa, soliq organlari soliq solish maqsadida bitimning yuridik kvalifikatsiyasini, soliq toʻlovchining maqomini va (yoki) uning iqtisodiy faoliyatining xususiyatini oʻzgartirishga haqli
.
Qarz shartnomasi begʻaraz moliyaviy yordam koʻrsatish shartnomasi deb e’tirof etilishi va olingan mablagʻlar soliq solish maqsadida jami daromad tarkibiga kiritilishi mumkin.
Bundan tashqari, siz tomonlardan biri norezident boʻlgan oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida shartnoma tuzasiz. Bunday bitimlar soliq organlari tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar hisoblanadi
.
![]()