Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Davlat statistika qoʻmitasi 2019 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlar qiymatini qayta baholashning yangi indekslarini ishlab chiqdi.
Eslatib oʻtamiz, asosiy fondlarni qayta baholash chogʻida indeks usulini qoʻllash uchun har yili 31 dekabrga qadar indekslar ishlab chiqiladi va OAVda e’lon qilinadi (1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 7-bandiga qarang).
Indeksatsiya asosiy fondlar qiymatini inflyatsiya darajasini inobatga oladigan maхsus indeksga tuzatishni nazarda tutadi. Mol-mulk qiymatini qoʻshimcha baholash indeks qayta baholashning natijasi hisoblanadi. Asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati mol-mulkka solinadigan soliqni hisoblashda hisobga olinadi.
Qayta baholash indekslarini yuklab olish.
Shuningdek eslatib oʻtamiz, 2019 yilda yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi miqdori kamayadi. Batafsil – bu yerda.