Javob beramiz
AI-80 uchun aksiz soligʻi boʻyicha imtiyoz
SKning 283-moddasi va 289-3-moddalariga asosan, neft mahsulotlari import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchilar, neft mahsulotlarini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qiluvchilar aksiz soligʻi toʻlovchilarining turli toifasi sifatida belgilangan.
Taksopark tomonilan berilgan mukofotlar JShDSga tortiladimi
Taksopark tomonidan aksiya (tanlov) gʻoliblariga toʻlanadigan pul mukofotlari JShDSga tortiladigan boshqa daromad hisoblanadi.
Xodimlarni ovqatlantirish xarajatlarining hisobi va soliq oqibatlari
Byudjetga toʻlanadigan QQS summasi hisoblangan soliqdan hisobga olinadigan QQSni chegirish orqali aniqlanadi.
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishda QQS hisoblanishi
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar, shu jumladan kreditorning qarzdordan qarzni talab qilish huquqi tovar deb e’tirof etiladi.
Davlat muassasasidan vazirlik jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻdan dividend soligʻi ushlanadimi?
Davlat muassasasidan vazirlik jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan ajratma dividend hisoblanmaydi.
QQS bazasini toʻgʻrilash uchun rasmiylashtirilgan EHFni foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettirish
Import qilingan tovarlarni sotishda QQS bazasini toʻgʻrilash uchun rasmiylashtirilgan bir tomonlama EHF summasi foyda soligʻi boʻyicha jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. Uni foyda soligʻi hisobotida tegishli satrda aks ettirish orqali jami daromaddan chiqarish mumkin.
Ijara haqi eng kam stavkalardan past boʻlganda soliqlar qanday hisoblanadi
Soliq organlari ijara haqining belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib soliq hisoblashni talab qilishi mumkin.
Xalqaro konteyner tashuvlarida QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash
Xalqaro konteyner tashish va u bilan bogʻliq ayrim xizmatlarga QQSning nol stavkasi qoʻllanilishi mumkin. Buning uchun Soliq kodeksi talablari bajarilishi va xizmatlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va chakana sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalarga QQS boʻyicha imtiyozlar qanday hisobga olinadi
QQSning 80% miqdoridagi qaytariladigan summasi foyda soligʻini hisoblab chiqarishda jami daromadga kiritiladi va Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovada aks ettiriladi.
MChJga ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga xodim olsak boʻladimi, oʻquv yurti diplomi boʻlishi shartmi? Nomzod malakali va rahbarlarga ma’qul, lekin diplomi boʻlmaganligi sababli rahbarlik lavozimiga olishimiz qonunchilikka toʻgʻri keladimi?
QQS guvohnomasi olingunga qadar xarid qilingan asosiy vosita boʻyicha QQS
QQS summasi faol QQS guvohnomasiga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidangina hisobvaraq-fakturalar (yuk bojxona deklaratsiyasi) asosida hisobga olinishi mumkin.
Mualliflik huquqini import qilishda QQS
Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston hududi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi QQS solish ob’yektidir.
Foyda soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlash
Agar korxonaning jami daromadi 2026 yilda ilk bor 10 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, 2026 va 2027 yillarda foyda soligʻini 50% pasaytirilgan stavkada toʻlashi mumkin.
Xodimlarning shaxsiy avtomobili uchun yoqilgʻi xarajatlari
Xodimlarning shaxsiy avtomobillariga korxona hisobidan metan quyish tegishli hujjatlar bilan asoslanmasa, xarajatlarni chegirish rad etilishi va xodimlarda moddiy naf tarzidagi daromad yuzaga kelishi xavfi mavjud.
MChJ ustav kapitaliga nominal qiymatdan ortiq hissa kiritishning soliq oqibatlari
Nominal qiymatdan ortiq mablagʻni tekinga olingan mulk sifatida baholanishi xavfi mavjud.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter