Tavsiyada:
– muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari; – bitimni muddatli bitim sifatida tavsiflash; – muddatli bitimlarga soliq solish: muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha foyda soligʻi; QQS; – buxgalter uchun muddatli bitimlar bilan ishlash boʻyicha qisqacha ...
Tavsiyada:
– ijtimoiy soliq qaytarilishining tartibi;
– ijtimoiy soliqni qaytarishga arizani qanday topshirish kerak;
– ijtimoiy soliqning qaytarilishini buxgalteriya hisobida va foyda soligʻi boʻyicha hisobotda qanday aks ettirish kerak. ...
Tavsiyada:
– asosiy vositalarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olish holatlari;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan asosiy vositalarni hujjatlashtirish;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi. ...
Tavsiyada:
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovning buxgalteriya hisobini yuritish;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovga soliq solish. ...
«Javob beramiz» xizmatiga foydalanuvchidan uch tomonlama shartnoma boʻyicha buyurtmachi xizmatlarni olib, ularning haqini toʻlaydigan, ijrochi amalda xizmatlarni koʻrsatadigan, pul mablagʻlari esa uchinchi tomonga oʻtkaziladigan holat yuzasidan savol kelib tushdi.
Bunday holda kim elektron hisobvaraq-fakturani (EHF) taqdim etishi kerak va oʻzaro munosabatlarning bunday sxemasi qanchalik qonuniy ekanligi xususida «Norma» eksperti Lola SULTONOVA tushuntirish berdi. ...
«Korxona (QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi) ayrim xodimlarni «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish» kursida oʻqitish boʻyicha shartnoma tuzdi. Toʻlov – korxona mablagʻlari hisobidan.
Bunday xarajatlar xodimlarning daromadi hisoblanadimi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob beradi: ...
«Referal dasturi nazarda tutilgan mahsulotni ishga tushiryapmiz: jismoniy shaxs yangi foydalanuvchini olib keladi va biz buning uchun unga pul mukofoti toʻlaymiz. Toʻlov tashkilotimizning hisob-kitob hisobvaragʻidan toʻlov tizimi orqali darhol oluvchining bank kartasiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs – QQSni toʻlashning soddalashtirilgan rejimida.
Referal mukofotdan JShDSni kim toʻlashi shart: biz soliq agenti sifatida toʻlov vaqtida soliqni ushlab qolamizmi yoki oluvchining oʻzi toʻlaydimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi: ...
«Xodim ish beruvchiga 14 iyuldan boshlab II guruh nogironligi belgilanganligi toʻgʻrisida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etdi.
JShDS boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq qaysi sanadan yuzaga keladi? Iyul oyi uchun ish haqini hisob-kitob qilishda imtiyoz qoʻllaniladimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Xodim chet elga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari davri ish va dam olish kunlarini oʻz ichiga oladi.
Xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqda xodim xizmat safari davrida dam olish kunlarida nimalar qilishi kerakligini koʻrsatish zarurmi (xodim mehnat vazifalarini bajarishga jalb etilmaydi; boshqa dam olish kuni beriladi; dam olish kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya toʻlanadi)?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi: ...
«Biz avtotransport vositalarini sotamiz. Yuridik shaxsdan keyinchalik yutuqli oʻyin gʻoliblariga sovrin sifatida topshirish uchun 3 ta avtomobil sotib olish boʻyicha soʻrov kelib tushdi. Biz bitim uch tomonlama shartnoma bilan rasmiylashtirilishini rejalashtirmoqdamiz: reklama aksiyasi tashkilotchisi avtomobillar qiymatini toʻlaydi, avtomobilga egalik huquqi esa bevosita aksiya gʻoliblariga rasmiylashtiriladi. Transport vositasi uchun hisobvaraq-ma’lumotnoma aksiya gʻolibi boʻlgan xaridor nomiga, EHF esa reklama aksiyasini tashkil etgan toʻlovchi –yuridik shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Bunday vaziyatda aksiya gʻolibiga hisobvaraq-ma’lumotnoma va reklama aksiyasi tashkilotchisiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi toʻgʻrimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari, soliq maslahatchisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA (ACCA DipIFR, CAP sertifikatiga ega) va yuriskonsult Nurali NURMUHAMEDOV javob berishdi: ...
MChJ (umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi) foizsiz qarz oldi. Jamiyat tomonidan qarz summasiga MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromad hisoblandi.
Qarz oluvchi MChJ MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromadni hisoblashda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishi shartmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Lola SULTONOVA javob berdi: ...
Tashkilot ijaraga olingan binoni ijaraga beruvchiga qaytaradi. Bunda ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan asosiy vositalarning bir qismi xonada qoladi.
Ijaraga olingan bino qaytarilganda ijaraga beruvchida qoladigan AVlarni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Lola SULTONOVA javob berdi: ...
Korxona xodimlari haftada bir necha kunga mehnat ta’tili oladi. Masalan, dushanbadan payshanbagacha yoki payshanbadan yakshanbagacha 4 kalendar kun.
1. 4 kalendar kunga dushanbadan payshanbagacha yoki payshanbadan yakshanbagacha ta’til berilganda ta’til puli miqdorida farq bormi?
2. Agar bu 4 kunlik foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya boʻlsa-chi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi (ACCA DipIFR, CAP sertifikatlariga ega): ...
Korxona ishchisining oʻgay otasi vafot etgan. Oʻgay ota xodimning onasi bilan qayd etilgan nikohda boʻlgan, biroq xodimning oʻgay ota tomonidan farzandlikka olinishi rasmiylashtirilmagan.
Bu holda moddiy yordamni SKning 378-moddasi 1-bandiga muvofiq JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllagan holda toʻlash mumkinmi? Ota xodimning oila a’zosi hisoblanadimi? Agar ushbu imtiyozni qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu toʻlovga JShDS solinmasligi uchun boshqa asos bormi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi (ACCA DipIFR, CAP sertifikatlariga ega): ...
Kompaniya yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda olib kirdi va ularni dastlabki holatida realizatsiya qildi. Xaridorlar transport vositalarini mustaqil ravishda qayta jihozladilar va konstruktiv oʻzgarishlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazdilar. Bojxona organlari tashkilotga AV tomonidan 19.11.2010 yilda 2156-son bilan roʻyxatga olingan Nizomning 57-1-bandiga asoslanib, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisida talabnoma taqdim etdi.
Agar avtotransport vositasi realizatsiya qilinganidan keyin uchinchi shaxslar tomonidan konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, import qiluvchiga bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash qonuniymi? Ushbu vaziyat yuzasidan Bojxona qoʻmitasi qanday javob berdi – buxgalter.uz saytida oʻqing: ...
Oʻzbekistonda allaqachon xorijiy korxonaga (MChJ) ega boʻlgan xorijiy ta’sischi yana bitta MChJni roʻyxatdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi korxonani tashkil etish xarajatlarini birinchi korxona hisobidan toʻlashni rejalashtirmoqda. Bu vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Bunday xarajatlarni birinchi MChJning buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish mumkin?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishimiz kerak. Bizni doimiy ravishda bir idoradan boshqasiga yoʻnaltirishadi: avval «Yagona darcha»ga, keyin soliq idorasiga. Oxirgi marta soliq idorasida bizga tugatish hisobotini topshirish kerakligini aytishdi, biroq uni qayerga va qanday topshirish kerakligini tushuntirishmadi...
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Korxona Rossiya kompaniyasiga sanoat ob’yektini modernizatsiya qilish uchun texnik yechimlarni ishlab chiqishga buyurtma berdi. Ishlar narxiga QQS kiritilmagan. Texnik yechimni (TE) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida – SD-R diskidagi fayllar koʻrinishida amalga oshiriladi. SD-R diski buyurtmachi korxonaning Rossiya hududidagi vakiliga beriladi. Bu operatsiyaga QQS solinadimi? Norezident daromadiga soliq toʻlash kerakmi? Agar rezidentlik sertifikati olinsa, soliq toʻlamaslik mumkinmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ...
Tashkilot boshqa yuridik shaxsning UFdagi ulushini sotib oladi. UF ulushining bir qismi yuridik shaxsdan (50%), ikkinchi qismi esa jismoniy shaxsdan sotib olingan. Ikkala bitim ham nominal qiymatda amalga oshirilgan. Ulushni sotuvchi yuridik shaxs nominal boʻyicha sotuv summasiga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerakmi? Jismoniy shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yetarlimi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Lizing oluvchi oraliq toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan. Lizing kompaniyasi lizing toʻlovi summasining bir qismini kechiktirilgan penyani toʻlash uchun oʻtkazdi. Lizing beruvchi lizing oluvchiga muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha penyaga EHF taqdim etishi kerakmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...