QQS kassa chekida koʻrsatilgan boʻlishi kerak

preview

 

Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining oʻz hududiy boshqarmalariga yuborilgan 11.01.2019 yildagi xatida koʻrsatib oʻtilgan.

 

Shu tariqa, agar sotuvchi QQS toʻlasa va tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) QQS solinsa, QQS summalari kassa cheki, toʻlov terminali chekining majburiy rekvizitlari hisoblanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiyalar hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadi (Soliq kodeksining 222-moddasi). Shu tufayli  ushbu QQSni hisobga olish uchun xaridor-yuridik shaxsga hisobvaraq-faktura kerak boʻladi. Soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga toʻlangan soliq summalarini hisobga olishga haqli emaslar. 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text147321_qqs_kassa_chekida_kursatilgan_bulishi_kerak