Toshkentda davlat mulki ijarasi qimmatlashdi

preview

 

Toshkent shahar hokimining 11.01.2019 yildagi 35-son qarori bilan Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, davlat koʻchmas mulki jismoniy va yuridik shaxslarga alohida tartibda, ijaraga oluvchilar, balansda saqlovchilar va hududiy davlat mulkini ijaraga berish markazlari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuzish yoʻli bilan ijaraga beriladi (tartibga qarang).

 

Bunda binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi stavkasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas.

 

Oʻtgan yillarda boʻlganidek, ijara toʻlovi stavkalari ijaraga oluvchining iqtisodiy faoliyat tarmoqlari kesimida, ya’ni ijaraga olinayotgan maydonlardan foydalanish maqsadiga qarab farqlanadi. Oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda, indeksatsiya miqdori oʻrta hisobda qariyb 70%ni tashkil etdi.

 

2019 yilda Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun quyidagi ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilandi:

 

T/r

Ijaraga berilayotgan maydonlardan foydalanish maqsadlari

Bir yillik

eng kam stavkasi

1 kv.m (soʻm)

SANOAT

1.

Yoqilgʻi sanoati

7 800

2.

Kimyo sanoati

7 800

3.

Neft-kimyo sanoati

7 800

4.

Mashinasozlik

7 800

5.

Stanoklar yasash va asbobsozlik sanoati

7 800

6.

Hisoblash texnika vositalari sanoati

7 800

7.

Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi

6 300

8.

Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi

6 300

9.

Yengil va oziq-ovqat sanoati, maishiy asboblar mashinasozligi

6 300

10.

Sanitar-texnik, gaz jihozlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish

7 800

11.

Metall konstruksiyalarini va jihozlarini ishlab chiqarish (tokarlik xizmatlari)

7 800

12.

Mashina va jihozlarni ta’mirlash

7 800

13.

Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari

7 800

OʻRMONChILIK, YoGʻOChNI QAYTA IShLASh VA SELLYuLOZA-QOGʻOZ SANOATI

14.

Yogʻoch tayyorlash sanoati

7 800

15.

Yogʻochni qayta ishlash sanoati

7 800

16.

Sellyuloza-qogʻoz sanoati

7 800

17.

Eshik, rom va mebel yasash (yogʻochdan)

25 300

18.

Qurilish materiallari sanoati

7 800

YeNGIL SANOAT

19.

Toʻqimachilik sanoati

7 800

20.

Tikuvchilik sanoati 

7 800

21.

Teri, moʻyna va poyabzal sanoati 

7 800

22.

Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari

7 800

OZIQ-OVQAT SANOATI

23.

Oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari)

7 800

24.

Goʻsht va sut sanoati

7 800

25.

Baliqchilik sanoati

7 800

26.

Un-yorma sanoati

7 800

27.

Kombikorm sanoati

6 300

28.

Sanoatning boshqa tarmoqlari

7 800

SANOATNING BOShQA TARMOQLARI

29.

Tibbiyot asboblari sanoati

7 800

30.

Poligrafiya sanoati

25 300

31.

Kimyoviy tozalash, boʻyash, kirni va boshqa gazlama mahsulotlarini yuvish va qayta ishlash

18 700

32.

Sanoatda xoʻjalik boshqaruvi

25 300

QIShLOK XOʻJALIGI

33.

Oʻsimlikshunoslik (sh.j. issiqxona xoʻjaligi) 1 ga («ga» oʻlchov birligida)

5 114 300

34.

Chorvachilik va parrandachilik

6 300

35.

Baliq yetishtirish (sh.j. sun’iy yetishtirish havzalari) 1 ga («ga» oʻlchov birligida)

5 114 300

36.

Asalarichilik 1 ga («ga» oʻlchov birligida)

3 060 000

37.

Veterinariya xizmati

7 800

38.

Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar

7 800

39.

Oʻrmon xoʻjaligi (sh.j. bogʻlar) 1 ga («ga» oʻlchov birligida)

5 114 300

TRANSPORT VA ALOQA

40.

Ommaviy yer usti temir yoʻl transport vositalari

20 400

41.

Transport infrastrukturasi (avtopark, taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garajlar)

20 400

42.

Transport infrastrukturasi (jarima maydonchalari) 

5 300

43.

Avtomobillar yuvish shoxobchalari

30 000

44.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari

31 400

45.

Aholi buyurtmasiga koʻra yuklarni tashish va boshqa transport-ekspeditsiya xizmatlarini koʻrsatish

18 700

46.

Pochta aloqasi

17 200

47.

Kuryer aloqasi

20 400

48.

Simli elektr aloqasi

20 400

49.

Elektr, radio, uyali va peyjing aloqasi (kengaytirish belgilari parametri boʻylab, inshoot va texnologik maydonlarni oʻz ichiga oladi)

66 100

QURILISh   

50.

Qurilish sohasida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish    

15 600

51.

Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari        

15 600

52.

Plastik eshik-rom va mebel ishlab chiqarish

40 000

SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh       

53.

Ulgurji savdo     

31 400

54.

Ma’lum miqdorda mollarni sotish (xizmat koʻrsatish) faoliyatini olib boruvchi ulgurji bozorlar       

75 500

55.

Chakana savdo        

47 100

56.

Umumiy ovqatlanish         

31 400

57.

Yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va sotish (fast fud)

30 000

58.

Kitob doʻkonlari

3 000

59.

Madaniy-maishiy maqsadlarda va xoʻjalik maqsadlarida ishlatiladigan buyumlarni ijaraga berish           

31 400

60.

Xalq iste’moli mollari savdosida vositachilik xizmatlari         

47 100

61.

Moddiy-texnik ta’minot va sotish        

34 500

62.

Axborot-hisoblash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish      

34 500

63.

Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish       

34 500

64.

Koʻchmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirish        

34 500

65.

Reklama, vakillik xizmatlari

31 400

66.

Marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari           

31 400

67.

Yer osti geologiyasi va qidiruv ishlari, geodeziya va gidrometereologiya xizmati        

47 100

68.

Tahririyat va nashriyotlar              

17 500

69.

Metallolom va ikkilamchi xom ashyoni yigʻish va tayyorlash          

17 500

70.

Uy-joy-kommunal xoʻjaligi (XUMSh ob’yektlari)         

17 500

71.

Mehmonxona xoʻjaligi        

34 500

72.

Yotoqxonalar

20 000

73.

Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari             

19 000

74.

Sartaroshxona, suratxona, modalar atelyesi, poyabzal tuzatish             

25 200

75.

Lombardlar          

37 900

76.

Hammomlar        

53 700

77.

Sauna va basseynlar            

109 600

    SOGʻLIQNI SAQLASh, JISMONIY TARBIYa VA IJTIMOIY TA’MINOT        

78.

Sogʻliqni saqlash        

25 200

79.

Dam olish va turizm        

25 200

80.

Fitobar        

10 900

81.

Madaniy koʻngilochar markazlar (bilyardxona, oʻyin avtomatlari, diskotekalar va sh.k.)       

34 500

82.

Jismoniy tarbiya va sport            

10 900

83.

Dorixona muassasalari        

25 200

84.

Optika va tibbiyot jihozlarini sotish doʻkonlari

30 000

85.

Ijtimoiy dorixona muassasalari

21 000

        MAORIF    

86.

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim boʻyicha kadrlarni tayyorlash (sh.j. oʻquv kurslari)      

22 100

87.

Ishchi va boshqa xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish     

15 800

88.

Umumta’lim bolalar maktablari (nodavlat ta’lim muassasalari uchun)  

9 300

89.

Ta’lim muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkillashtirish

12 100

90.

Maktabgacha tarbiya (nodavlat ta’lim muassasalari uchun)       

7 800

91.

Madaniyat va san’at

44 000

92.

Koʻrgazmalar         

21 000

93.

Maktabdan tashqari toʻgaraklar     

9 300

94.

Madaniyat va istirohat bogʻlari

22 100

95.

Botanika va hayvonot bogʻlari

22 100

96.

Televideniye va radio uzatish redaksiyalari

22 100

97.

Kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari

78 500

98.

Ilm-fan va ilm-fan xizmatlari              

15 600

99.

Avtomaktablar

27 000

     MOLIYa-KREDIT FAOLIYaTI  

100.

Moliya, kredit (sugʻurtalash va auditorlik faoliyatidan tashqari), nafaqa ta’minoti

31 400

101.

Auditorlik faoliyati

24 100

102.

Bank faoliyati          

47 100

        FAOLIYaTNING BOShQA TURLARI   

103.

Sugʻurtalash   

31 400

104.

Yuridik xizmatlar va sud organlari        

22 100

105.

Advokatlar kollegiyasi va yuridik maslahatxonalar, advokatlik tuzilmalari firma va byurolari

22 100

106.

Jamoat birlashmalari       

7 800

107.

Omborxonalar        

31 400

108.

Davlat korxonalari uchun ofis         

15 600

109.

Xususiy tashkilotlar uchun ofis         

53 400

110.

Arxiv xizmatlari

10 000

111.

Yengil avtomobillar va boshqa transport vositalarini ta’mirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish (sh.j. vulkanizatsiyalar)       

31 400

112.

Laboratoriyalar          

15 600

113.

Turli xizmatlar uchun haq olish (paynet)          

78 500

114.

Madaniy meros bino va inshootlarida chakana savdo        

50 300

115.

Madaniy meros bino va inshootlarida umumiy ovqatlanish     

37 900

116.

Aviakassalar (sh.j. temir yoʻl, transport va b.)         

50 300

117.

Bankomatlar        

471 400

118.

Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish (qandolat mahsulotlari, tortlar, pirojniylar va b.)           

31 400

 

Hujjatga ilovalarda taqdim etilgan Ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qoʻllanadigan koeffitsiyentlar, shuningdek Toshkent shahridagi markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati oʻzgartirishsiz qoldirildi.  

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text147445_toshkentda_davlat_mulki_ijarasi_qimmatlashdi