Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshirildi

preview

 

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2019 yildagi 47-son qarori bilan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (bundan keyin – YaTS) oʻzgartirishlar kiritildi. 

 

Eslatib oʻtamiz, mehnat haqining eng kam miqdori (bundan keyin – MHEKM) Mehnat kodeksining 155-moddasiga muvofiq belgilanadi. Unda koʻrsatilishicha, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini toʻliq bajargan хodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida YaTSning birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlishi mumkin emas.

 

Mamlakatimiz Prezidentining tegishli qarorlari bilan belgilanadigan eng kam ish haqi miqdori YaTSga asos qilib olingan. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 noyabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 202 730 soʻmni tashkil etadi. 

 

Bunda oʻtgan yil oktyabrda davlatimiz rahbari YaTSning quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini oʻrtacha 10%ga, shu jumladan, 1-razryad boʻyicha 15%ga, 2-razryad boʻyicha 10%ga va 3-razryad boʻyicha 5%ga oshirish orqali mehnatiga kam haq toʻlanadigan хodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini koʻzda tutgan holda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqishni topshirgan (13.10.2018 yildagi PF–5553-son Farmonga qarang).

 

YaTSga kiritilgan oʻzgartirishlar tahlili quyidagilarni koʻrsatdi:

 

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

2019 yil 19 yanvargacha

2019 yil 19 yanvardan boshlab

Indeksatsiya miqdori

(%)

Tarif koeffitsiyenti

MHEKM summasi

(soʻm)

Tarif koeffitsiyenti

MHEKM summasi

(soʻm)

1

2,476

501 959,48

2,847

577 172,31

14,98

2

2,725

552 439,25

2,997

607 581,81

9,98

3

2,998

607 784,54

3,148

638 194,04

5,0

 

Shu tariqa, YaTSning tarif koeffitsiyentlari oʻzgartirilganini hisobga olgan holda, endi respublikamizda MHEKM 577 172,31 soʻmni (202 730 х 2,847) tashkil etadi. Ya’ni хodim toʻliq oy ishlagan va mehnat shartnomasida nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni bajargan boʻlsa, ish beruvchi unga ushbu miqdordan kam ish haqi belgilashga haqli emas.

 

Xodim toʻliqsiz ish vaqti rejimida yoki oʻrindoshlik asosida ishlasa, unga MHEKMdan oz ish haqi toʻlanishi mumkin. Bunday variantda ish haqi ishlagan vaqtga mutanosib ravishda hisoblanadi.

 

Masalan, хodim yarim stavka ishlaydi, ya’ni uning ish vaqti oylik normaning 50%ini tashkil etadi. Bu holda хodimga MHEKMning kamida 50%i toʻlanishi kerak. Bu 288 586,15 soʻmni (577 172,31 х 0,5) tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text147539_mehnatga_haq_tulashning_eng_kam_miqdori_oshirildi