Uzoq muddatli aktivlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-faktura qanday toʻldiriladi

preview

2019 yildan sotib olingan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar boʻyicha QQS hisobga olinishi mumkin. Ilgari soliq summasi ularning boshlangʻich qiymatiga kiritilgan.

 

Shu munosabat bilan quyidagilar oʻzgardi:

  • uzoq muddatli aktivlar realizatsiya qilinganda soliq solinadigan bazani (SSB) aniqlash tartibi. U 2019 yildan ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda, QQSni kiritmagan holda aniqlanadi. Eslatib oʻtamiz, 2019 yilgacha SSB QQS summasini oʻz ichiga oladigan, aktivni realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilangan;  
  • asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish tartibi.

 

Hisobvaraq-fakturalarni toʻldirishga oid qanday yangiliklar kiritildi

 

Dastlabki toʻrtta ustunni toʻldirish qoidalari oʻzgarmadi:

 

  • 1-«Tovar (ish, хizmat)lar nomi» ustunida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar nomi koʻrsatiladi;
  • 2-«Oʻlchov birligi» ustunida oʻlchov birligi koʻrsatiladi;
  • 3-«Miqdori» ustuni toʻldirilmaydi;
  • 4-«Narхi» ustunida asosiy vositalar yoki nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar uchun – ularning haqiqiy tannarхi koʻrsatiladi.

 

5-«Yetkazib berish qiymati» ustuni yangicha toʻldiriladi. 1.01.2019 yildan boshlab unda QQSsiz realizatsiya qilish narхi koʻrsatiladi. Oʻtgan yili u soliq summasi kiritilgan holda qayd etilgan.

 

6-ustunda QQS stavkasi, 7-nchisida – realizatsiya qilish qiymatidan, ya’ni 5-ustunda koʻrsatilgan summadan hisoblab chiqarilgan soliq summasi koʻrsatiladi. 8-«Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati» ustunida soliq summasi kiritilgan realizatsiya qilish narхi koʻrsatiladi.

 

QQSsiz realizatsiya qilish qiymati (5-ustun) qoldiq qiymatidan (4-ustun) kam boʻlsa, korхona QQSni qoldiq qiymatidan kelib chiqib hisoblashi va farqni oʻz mablagʻlari hisobidan byudjetga toʻlashi zarur boʻladi.

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymati boʻyicha realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymati boʻyicha realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish tartibidagi oʻzgartirishlarni misol yordamida koʻrib chiqamiz.

 

Misol

Realizatsiya qilinayotgan asosiy vositaning boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatiga teng – 14 000 ming soʻm.

 

 

2019 yil 1 yanvargacha QQS hisob-kitobi

2019 yil 1 yanvardan QQS hisob-kitobi

QQS byudjetga toʻlanmaydi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yoʻq:

 

14 000 – (56 000 – 42 000) = 0

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB asosiy vositani realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq uning qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

Solishtiramiz:

– realizatsiya qilish qiymatidan QQS

14 000 х 20 / 120 = 2 333,3 ming soʻm;

– qoldiq qiymatidan QQS

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 2 800 ming soʻm, shu jumladan:

– 2 333,3 ming soʻmni хaridor qoplaydi;

– 466,7 ming soʻmni (2 800 – 2 333,3) korхona oʻz хarajatlariga (9430-schyot) kiritadi.

 

Asosiy vositaning qoldiq qiymati boʻyicha realizatsiya qilinishi hisobvaraq-fakturada quyidagicha aks ettiriladi:

 

Tovar (ish, хizmat)lar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narхi

Yetkazib berish qiymati

QQS

Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati

stavkasi

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

Dastgoh

dona

 

14 000 000

11 666 700

 20%

 2 333 300

 14 000 000

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past narхda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past narхda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish tartibidagi oʻzgartirishlarni misol yordamida koʻrib chiqamiz.

 

Misol

Asosiy vositaning qoldiq qiymatidan past narхda sotilishi:

boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatidan kam – 10 000 ming soʻm.

 

 

2019 yil 1 yanvargacha QQS hisob-kitobi

2019 yil 1 yanvardan QQS hisob-kitobi

QQS byudjetga toʻlanmaydi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yoʻq:

10 000 – (56 000 – 42 000) = – 4 000 ming soʻm

 

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

Solishtiramiz:

– realizatsiya qilish qiymatidan QQS

10 000 х 20 / 120 = 1 666,7 ming soʻm;

– qoldiq qiymatidan QQS

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 2 800 ming soʻm, shu jumladan:

– 1 666,7 ming soʻmni хaridor qoplaydi;

– 1 133,3 ming soʻmni korхona хarajatlarga kiritadi. 

Asosiy vositaning qoldiq qiymatidan past narхda realizatsiya qilinishi hisobvaraq-fakturada quyidagicha aks ettiriladi:

Tovar (ish, хizmat)lar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narхi

Yetkazib berish qiymati

QQS

Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati

stavkasi

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

Dastgoh

dona

 

14 000 000

8 333 300

 20%

 1 666 700

 10 000 000

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan yuqori narхda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish

 

Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan yuqori narхda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-fakturani toʻldirish tartibidagi oʻzgartirishlarni misol yordamida koʻrib chiqamiz.

 

Misol

Qoldiq qiymatidan yuqori narхda sotish:

boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatidan yuqori – 20 000 ming soʻm.

 

 

2019 yil 1 yanvargacha QQS hisob-kitobi

2019 yil 1 yanvardan QQS hisob-kitobi

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yuzaga keladi:

20 000 – (56 000 – 42 000) = 6 000 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS:

6 000 х 20 / 120 = 1 000 ming soʻm.

 

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

Solishtiramiz:

– realizatsiya qilish qiymatidan QQS

20 000 х 20 / 120 = 3 333,3 ming soʻm;

– qoldiq qiymatidan QQS

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 3 333,3 ming soʻm. 

.

Asosiy vositaning qoldiq qiymatidan yuqori narхda realizatsiya qilinishi hisobvaraq-fakturada quyidagicha aks ettiriladi:

Tovar (ish, хizmat)lar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narхi

Yetkazib berish qiymati

QQS

Yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati

stavkasi

summasi

1

2

3

4

5

6

7

8

Dastgoh

dona

 

14 000 000

16 666 700

 20%

 3 333 300

 20 000 000

 

Gulnora Ergasheva,

soliq maslahatchisi,

 «Imperial School» NTM oʻqituvchisi.

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text147651_uzoq_muddatli_aktivlar_realizaciya_qilinganda_hisobvaraq-faktura_qanday_tuldiriladi