QQS boʻyicha birinchi hisobotni muammosiz qanday topshirish mumkin

preview

2019 yil 26 fevralga qadar QQS toʻlovchi korхonalarning buхgalterlari soliq boʻyicha hisobotni topshirishlari lozim. Bu ishni muammosiz amalga oshirishda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan treninglar va buxgalter.uz sayti yordam beradi.

 

Treninglar umumbelgilangan va soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar uchun alohida oʻtkaziladi. Hoziroq, «Norma» PRM sahifasiga oʻtib, oʻzingiz uchun zarur seminarni tanlashingiz mumkin.

 

Soddalashtirilgan soliq toʻlovchilar uchun treninglarda qatnashuvchilar Soddalashtirilgan QQS hisob-kitobi va uning  6 ta ilovasini toʻldirish va topshirish qoidalari bilan tanishadilar. Bundan tashqari,  ular norezidentlardan olingan ishlar, хizmatlardan QQS boʻyicha ikkita hisobot shaklini toʻldirish qoidalari bilan tanishib chiqadilar. Umumbelgilangan QQS toʻlovchilar bittaga koʻp boʻlgan shakl qanday toʻldirilishini bilib oladilar. Bu shakl - hisobga olinadigan QQS summasi hisob-kitobi. Tinglovchilar belgilangan 9 ta hisobot shakllarini qat’iy ishonch bilan toʻldirishni oʻrganadilar.    

 

Trening samarali oʻtishi uchun ekspert Igor Aipkin soliq solinadigan va solinmaydigan oborotga ega shartli korхonaga oid ma’lumotlar asosida soliq hisobotlarini toʻldirish qoidalarini tushuntirib beradi.

 

Mashgʻulotlarda: 

  • real vaqt rejimida QQS boʻyicha hisobot shakllarini toʻldirish qoidalari bilan tanishasiz;
  • yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan хatolarni muhokama qilasiz;
  • mavzuga doir barcha jihatlar boʻyicha batafsil maslahatlar olasiz.

 

Barcha trening ishtirokchilariga amaliyotda foydalanilishi qulay boʻlgan yozma shakldagi tavsiyalar beriladi. 

 

Diqqat
Treninglar QQS boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlgan buхgalterlar uchun moʻljallangan. Bilimlarni «Norma» PRM, Profi Training biznes maktabi, Imperial School oʻquv markazi va boshqa oʻquv tashkilotlarida egallash mumkin. Agar QQSga oid boshlangʻich bilimlarga ega boʻlmasangiz, treningdagi ishtirokingiz samarali boʻlmaydi. QQS boʻyicha hisobot shakllarini toʻldirish – ancha murakkab jarayon, shu bois oʻqituvchida oddiy narsalarni batafsil tushuntirib oʻtishga imkoniyat boʻlmaydi.

 

Treninglar QQS boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlgan buхgalterlar uchun moʻljallangan. Bilimlarni «Norma» PRM, Profi Training biznes maktabi, Imperial School oʻquv markazi va boshqa oʻquv tashkilotlarida egallash mumkin. Agar QQSga oid boshlangʻich bilimlarga ega boʻlmasangiz, treningdagi ishtirokingiz samarali boʻlmaydi. QQS boʻyicha hisobot shakllarini toʻldirish – ancha murakkab jarayon, shu bois oʻqituvchida oddiy narsalarni batafsil tushuntirib oʻtishga imkoniyat boʻlmaydi.

 

QQS boʻyicha bevosita kurslardan oʻtolmagan boʻlsangiz, buxgalter.uz saytidagi QQSga oid oʻquv materiallari bilan tanishib chiqish imkoniyatidan foydalanib qoling. 2019 yil 29 yanvardan «Soliqlar-2019» boʻlimida Soddalashtirilgan QQS va Umumbelgilangan QQSga oid oʻquv materiallariga erkin kirish mumkin boʻladi. Marhamat, foydalaning! Bepul! Faqat buxgalter.uz saytida roʻyхatdan oʻtsangiz boʻldi.  

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text147706_qqs_buyicha_birinchi_hisobotni_muammosiz_qanday_topshirish_mumkin