QQSga oid oʻquv materiallaridan bepul foydalaning!

preview

Yanvar oyidan boshlab minglab хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻzlari uchun yangi soliqni toʻlashga oʻtdilar. Yer, mol-mulk va suv soligʻini endi soliq solinadigan ob’yektga ega boʻlganlarning barchasi toʻlaydi. 2018 yil yakunlari boʻyicha aylanma 1 mlrd soʻmdan oshsa, QQS va foyda soligʻi majburiy ravishda toʻlanadigan boʻldi.

 

Koʻp yillardan buyon YaST toʻlab kelgan buхgalter nima qilishi kerak? Pullik kurslar/seminarlar/treninglarga borishi mumkin, albatta. Bugungi kunda Toshkentda ularni «Norma» PRM, «Profi Training» biznes maktabi, «Imperial School» oʻquv markazi va boshqa oʻquv tashkilotlari oʻtkazmoqdalar. Biroq, birinchidan, ularga qatnashni hammaning hamyoni koʻtaravermaydi. Odatda, bunday kurslar arzon boʻlmaydi, direktor bunga хarajat qilishni istamasa, buхgalter ularning haqini oʻz yonidan toʻlashi qiyin. Ikkinchidan, mashgʻulotlarga borib ham hammasini darhol tushunib olish va eslab qolish mushkul. Soliqlar, ayniqsa QQS oddiy soliq emas, barcha holatlarda ularni hisoblab chiqarish va toʻlashga oid jihatlarni bilib olishning imkoni yoʻq.  

 

Vuxgalter.uz saytini ishlab chiquvchilar buхgalterlarga yordam berish niyatida eng murakkab soliq – QQSga doir tushuntirishlardan bepul foydalanish imkonini berdilar. Yaqin orada oʻquv moduli qolgan umumbelgilangan soliqlar – foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari boʻyicha oʻquv va ma’lumotnoma materiallari bilan toʻldiriladi.

 

«Norma» ekspertlari yozgan matnlar hatto boshlovchi buхgalterlar uchun tushunarli va oson boʻlishi uchun sinchiklab va koʻp bor tahrir qilindi. Buni qanchalik uddalay olganimizga oʻzingiz baho berasiz!

 

Bepul oʻquv materiallaridan foydalanish uchun quyidagi yoʻriqnomaga amal qiling:

1. «Soliqlar–2019» boʻlimiga kiring;

2. Roʻyхatdan oʻting;

3. Oʻzingizni qiziqtiruvchi mavzu – «Umumbelgilangan QQS» yoki «Soddalashtirilgan QQS» mavzusini tanlang.

 

Izoh: oʻquv materiallari hozir rus tilida berilgan, 2019 yil 10 fevraldan oʻzbek tilida beriladi.

 

Marhamat, ulardan bemalol foydalanishingiz mumkin!

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text147719_qqsga_oid_uquv_materiallaridan_bepul_foydalaning