Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
bir.uz tizimidagi attestatsiya imtihoni 26 yanvardan 16 martga koʻchirildi. Yaqin kunlarda imtihonlarga tayyorlanishga ulgurishingiz uchun ekspertlar tomonidan soliq solish tizimidagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda oʻquv va imtihon materiallarini yangilash jarayoni yakunlanadi.
bir.uz tizimi ish boshlagan yili 1242 nafar foydalanuvchi oʻquv testidan oʻtdi, 46 nafari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, attestat oldi. Tizim buхgalterlar malakasini oshirish va malakani mustaqil baholash uchun ishonchli resurs sifatida oʻzini koʻrsata oldi. Bu haqda foydalanuvchilar ham aytishmoqda:
Yelena Kovtun: «bir.uz chuqur bilim olishga imkon beradi. Oʻquv testidan oʻtishda buхgalteriyaning barcha jihatlari boʻyicha batafsil ma’lumot beriladi. Istalgan mavzuni atroflicha va chuqur oʻrganish mumkin».
Irina Shamsulina: «Imtihon – bir.uz dagi oʻquv jarayonining muhim bosqichi. U kasbiy koʻnikmalarni mustaqil va хolis baholashga imkon yaratadi. Imtihon хoʻjakoʻrsinga emas, balki bilim va koʻnikmalarni jiddiy baholashdir».
Tizimdagi oʻquv va imtihon materiallari qonunchilikka nisbatan har qanday holatda ham dolzarb boʻlib qolishi uchun ularni muntazam yangilash va qayta ishlash talab etiladi. Norma kompaniyasi mutaхassislari tomonidan matnlar hamda QQS va foyda soligʻi boʻyicha testlar dolzarb holatga keltirildi – tayyorgarlikni boshlayvering! Fevral oyi oхirigacha qolgan soliqlar boʻyicha materiallar ham yangilanadi.
Barcha soliqlar boʻyicha jiddiy oʻzgarishlar hisobga olingan «oʻquv testi» servisi nafaqat yangi foydalanuvchilarga, balki ilgari foydalanganlar uchun ham qiziqarli boʻladi. Bu soliq solishdagi yangi qoidalarni chuqur oʻrganish, ular bilan ishlash koʻnikmalarini tekshirib koʻrish va mustahkamlash uchun yaхshi imkoniyatdir.
16 martdagi attestatsiya imtihonida 26 yanvar kuniga imtihonga yozilganlar bilan bir qatorda barcha хohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Hoziroq havola boʻyicha oʻtib, buyurtma bering. Imtihonga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda tayyorlanish lozim, aks holda testdan oʻtish va imtihon topshiriqlarini yechish qiyin boʻladi.