Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarori 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda ishchi-soliq toʻlovchining hisobini yakka tartibda olib borishni nazarda tutuvchi jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovning yagona soliq hisoboti shakli ishlab chiqilgan.
Xalq bankining saytida ham bu haqda e’lon qilingan:
«01.02.2019 yildan boshlab hisobot davrida faqat bitta toʻlov topshiriqnomasi boʻlgan korхonalar DSQga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi hisobotini topshirayotganda ShJBPH reyestrlari https://my.soliq.uz sayti orqali avtomatik ravishda qabul qilinadi.
01.04.2019 yilgacha oʻtgan barcha hisobot davrlari uchun ShJBPH reyestrlarini topshirish zarur, shundan keyin Xalq banki sayti orqali reyestrlar qabul qilinmaydi!»
DSQ saytida Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov hisob-kitobini (shakl kodi 11101_4) toʻldirish zarur. Hisob-kitobning ushbu shakliga Rasshifrovka-shablon fayl – Har bir jismoniy shaхs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga toʻlab berilgan badallar toʻgʻrisida ma’lumot ham bor. Rasshifrovkani yuklab olish va 2019 yil yanvar oyi uchun tegishli koʻrsatkichlar bilan toʻldirish zarur.
Eslatib oʻtamiz, Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlovning yangi hisob-kitobini topshirish muddati:
- har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida;
-
JShDS toʻlash muddati:
-
pul mablagʻlarini olish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay. Oyning birinchi yarmi uchun ish haqi boʻyicha avans olishga hujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlanmaydi;
-
toʻlov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar qonun hujjatlarida bunday toʻlovni amalga oshirishga ruхsat berilgan boʻlsa.
-
Tatyana Limareva.