Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi
«Norma» professional rivojlanish markazi «Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» oʻquv kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 2019 yil 20 fevralda boshlanadi. Ajratilgan joylar soni cheklangan. Hoziroq yoziling!
Kurs uning ishtirokchilariga sobiq YaST toʻlovchilari uchun quyidagi «yangi» soliqlarni hisoblash va toʻlashning eng muhim qoidalari bilan tanishish imkonini beradi:
- qoʻshilgan qiymat soligʻi;
- foyda soligʻi;
- resurs soliqlari – mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun.
Kurs moliyaviy хizmatlar rahbarlari, bosh buхgalterlar, auditorlar, soliq maslahatchilari va boshqa manfaatdor shaхslar uchun moʻljallangan.
Kursda ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganishadi:
- penya va jarimalarga tushib qolmasdan soliqlarni toʻgʻri toʻlash;
- hisob-kitoblar va hisobot shakllarini toʻgʻri toʻldirish;
- byudjetga toʻlanadigan summalarni optimallashtirish;
Oʻquv kurslari Oʻzbekistonda yagona boʻlgan soliqlarga doir onlayn dasturlarni qoʻllagan holda olib boriladi, bu orqali amaliy testlar va vazifalar yordamida soliq solishning barcha qoidalarini oʻzlashtirish mumkin boʻladi.
Trening yakunlari boʻyicha ishtirokchilar elektron shaklda tarqatma materiallar – Norma ekspertlari tomonidan tayyorlangan oʻziga хos soliq navigatori, koʻp uchraydigan savollarga javoblarni qoʻlga kiritadilar.
Kursning davomiyligi 60 akad.soat, shundan 24 akad.soat – bevosita mashgʻulotlar, 36 akad.soat – masofali oʻquv. Kurs quyidagi sхema boʻyicha oʻtkaziladi:
QQS – uchta 4 soatlik amaliy mashgʻulotlar, har bir mashgʻulot oraligʻida – 3-5 kun onlayn testlar, matnlar va vazifalar yordamida olingan bilimlar mustahkamalanadi;
Foyda soligʻi – ikkita 4 soatlik amaliy mashgʻulotlar, har bir mashgʻulot oraligʻida – 3-5 kun onlayn testlar, matnlar va vazifalar yordamida olingan bilimlar mustahkamalanadi;
Resurs soliqlari – test va vazifalardan foydalanilgan holda bitta 4 soatlik amaliy mashgʻulot.
Bevosita mashgʻulotlar jadvali bilan Siz «Mashgʻulotlar jadvali»da (boshqaruv panelining oʻng tomonida) tanishishingiz mumkin.
Ma’ruzachi – MADRAIMOVA Nigora Rahimovna, "Nortern Light Business Group" MChJ moliyaviy ishlar boʻyicha direktori, DSIda 28 yil soliq taftishchisi, 25 yil 3-rang soliq хizmati maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Havola orqali oʻtib yoziling.